Mahalliy

Litsenziyalash bo‘yicha huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar ham rag‘batlantiriladi

Litsenziyalash bo‘yicha huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar ham rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda litsenziyalash tartib-taomillariga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Hukumat qarori bilan bu tartib tasdiqlandi.

Qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Yuqoridagi ma’lumotlar haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki mazkur huquqbuzarlik haqida avval xabar berilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik haqidagi xabar ko‘rib chiqilmaydi.

Xabar SMS xabarnoma shaklida yuboriladi.

Xabardor qiluvchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani yuzasidan berilgan xabarlar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Xabardor qiluvchi taqdim etgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa hamda berilgan xabarga asosan vakolatli organ yoki sudning javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori asosida aybdor shaxsdan jarima undirilgan taqdirda, xabardor qiluvchi undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bu pul mukofotini olish ixtiyoriy bo‘lib, xabardor qiluvchining bank kartasiga (hisobvarag‘iga) o‘tkazib beriladi.

Huquqbuzardan undirilgan jarimalar hisobidan xabardor qiluvchiga pul mukofoti to‘langanidan so‘ng qolgan mablag‘ qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Ushbu qaror 2026-yil 8-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.