Tadbirkorlik sub’yektlarining litsenziyalanadigan bozorlarga kirishi soddalashtirildi
Tadbirkorlar uchun «Biznesga litsenziyasiz kirish» rejimi joriy etiladi. Uning doirasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyasiz yoki ruхsatnomasiz vaqtincha amalga oshirish mumkin boʻladi. Shuningdek, arхivda saqlash qoidalari yangilandi: elektron va nodavlat arхivlar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Tadbirkorlik subyektlarining litsenziyalanadigan bozorlarga kirishi soddalashtirildi.
2026-yil 13-avgustdagi OʻRQ-1164-sonli Qonun bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu hujjat arxiv faoliyatidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning litsenziya yoki ruxsatnoma talab qiladigan faoliyat turlari boʻyicha bozorga kirishini yengillashtirishga qaratilgan.
Xususan, "Biznesga litsenziyasiz kirish" maxsus rejimi doirasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olishning oʻziga xos jihatlari belgilandi. Mazkur rejim doirasida talabgor maxsus elektron tizim yoki Yagona portal orqali vakolatli organni bepul xabardor qilgan holda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan faoliyat yuritishi mumkin. Rejimning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi va bu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat beruvchi hujjatsiz amalga oshirganligi uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Talabgor "Biznesga litsenziyasiz kirish" maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
"Arxiv ishi toʻgʻrisida"gi qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, elektron va nodavlat arxivlarni yaratish tartibi belgilandi. Elektron arxivlarga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar:
Shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, qolaversa, davlat mulki boʻlmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlarni tashkil etish imkoniyati joriy etilmoqda. Bunda Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilab berildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq maxfiy hujjatlar 30 yil saqlanishi belgilandi.
Shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni saqlash muddatlari ham belgilandi. Jumladan:
Bundan tashqari, Oila kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bolaga milliy an’analarga muvofiq otasining yoki ota yoxud ona tarafdan bobosining ismi familiya qilib berilishi mumkinligi belgilandi. Ilgari Kodeksda otaning ismini familiya sifatida berish nazarda tutilmagan edi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2026-yil 14-avgustdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova

