Dunyo

Lavrovning Eronga tashrifi, Saudiyaga kelayotgan Britaniya qiruvchilari – kun dayjesti

Oʻtgan kun davomida jahonda roʻy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

Lavrovning Eronga safari, Saudiyaga yo‘l olayotgan Britaniya qiruvchilari — kun dayjesti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20-oktabr kuni Osloda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan urushni yakunlash bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ham qatnashgan. «Tinchlik olib kelishga yordam beradigan barcha aloqalarni saqlab qolyapmiz», dedi Zelenskiy Osloga kelgach.

Axiosʼga ko‘ra, Uitkoff bugun Sankt-Peterburgga borib, Vladimir Putin bilan uchrashadi. U Osloda muhokama qilingan urushni tugatish bo‘yicha yangilangan rejani unga taqdim etadi.

Mumbayda bo‘lib turgan AQSH davlat kotibi Marko Rubio Ukraina uchun yevropaliklar mablag‘i hisobidan to‘langan havo hujumidan mudofaa raketalarining bir partiyasi yetkazilmagan bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Biroq u buning ortida siyosiy maqsad yo‘qligini ta’kidladi.

Kiyev va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar 9-oktabrda AQSH va Rossiya o‘rtasida dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuv e’lon qilinganidan keyin keskinlashib bormoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp esa kelasi oy Osiyoga safari chog‘ida Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini aytdi. Tramp jurnalistlarga uchrashuvda yadro quroli va qurolsizlanish masalasi ko‘rilishini, agar Si buni xohlasa, o‘zi rozi ekanini bildirdi.

Oldinroq rasmiy Moskva uch yetakchi Xitoydagi sammit doirasida uchrashishi mumkinligini ma’lum qilgandi. WSJʼga ko‘ra, Putin bunday uchrashuvdan Zelenskiysiz, Moskva uchun foydali tinchlik kelishuviga erishish uchun foydalanmoqchi.

Buyuk Britaniya Saudiya Arabistoni shaharlari va muhim infratuzilmasini husiylarning havo hujumlaridan himoya qilish uchun «Typhoon» qiruvchi samolyotlarini yuboradi.

Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Qirollik harbiy-havo kuchlarining qiruvchilari faqat mudofaa vazifasini bajaradi va husiylarga qarshi hujumlarda qatnashmaydi. London husiylarning hujumlari mintaqa barqarorligiga tahdid solayotganini, energiya ta’minoti va savdo yo‘llarini izdan chiqarish xavfini tug‘dirayotganini ta’kidlamoqda.

«Husiylarning ittifoqchimiz Saudiya Arabistoniga davom etayotgan hujumlari mutlaqo jirkanch», dedi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri.

Reutersʼning yozishicha, yordam Saudiya hukumati so‘roviga javoban ko‘rsatilmoqda. London, shuningdek, Saudiyaga A400M «Atlas» transport samolyoti va harbiy maslahatchilar yuboradi. Sentabrda e’lon qilingan yordam doirasida Britaniya havoda yoqilg‘i quyadigan «Voyager» samolyotini yuborgandi, ammo qiruvchilar haqida gap bo‘lmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.