Dunyo

Lavrov Putin va Zelenskiyning telefon suhbati haqidagi xabarni rad etdi

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Kreml Putin va Zelenskiyning yuzma-yuz uçraşuvi örniga telefon suhbati taşkil qilmoqçi ekani haqidagi xabarni rad etdi. Biroq Putin telefon muloqotiga tayyormi, degan savolga bevosita javob bermadi.

Lavrov Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbati haqidagi xabarni inkor etdi

DW muxbiri The Kyiv Independent nashrining ukrainalik mansabdorlarga tayangan holda e’lon qilgan xabari haqida so‘raganida, Lavrov «Ularga ishonmang», degan. Shundan so‘ng u Putinning avvalgi pozitsiyasini takrorlab, agar Zelenskiy uchrashishni istasa, Moskvaga kelishi kerakligini aytgan.

Jurnalist ikki rahbar dekabrda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashishi mumkinligini ham so‘ragan. Lavrov Ukraina «Katta yigirmatalik» a’zosi emasligini eslatib, Moskvaga kelish haqidagi gapini yana takrorlagan.

Bundan bir necha soat avval The Kyiv Independent Ukrainadagi yuqori martabali mansabdorlarga tayanib, Moskva yuzma-yuz uchrashuvni telefon suhbati bilan almashtirishga intilayotganini yozgan edi. Nashr manbalaridan biri Rossiya tomoni bunday muloqotni tashkil qilishga avval ham uringanini bildirgan.

Nashr bu taxminga asos sifatida Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning 30-oktabrdagi bayonotini ham keltirgan. Peskov Putin «barcha bilan muloqotga tayyor» ekanini aytgan. Rossiya prezidenti Zelenskiyning qo‘ng‘irog‘iga javob beradimi, degan savolga esa «Hozircha hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi», deb javob bergan.

The Kyiv Independent suhbatdoshlari telefon suhbati bilan cheklanish asosiy masalalar bo‘yicha muzokaralardan qochishga urinish bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ularning fikricha, muhim kelishuvlar va xavfsizlik kafolatlari uchun AQSh ishtirokidagi uch tomonlama format hamda yevropaliklarning muzokaralarga jalb qilinishi zarur.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.