Dunyo

“Rossiya muzokaralar uchun urushni toʻxtatmaydi” — Lavrov

“Rossiya muzokaralar uchun urushni toʻxtatmaydi” — Lavrov

Rossiya Ukraina bilan muzokara olib borishga tayyor, biroq bu jarayonda urushni toʻxtatmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BRIKS sammiti oʻtayotgan Nyu Dehlida ma’lum qildi.

“Agar (Vladimir Zelenskiy) uchrashmoqchi boʻlsa, (Moskvaga) kelsin”, dedi Lavrov.

Uning bu bayonoti Ukraina prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan Mayamida uchrashishga tayyorligini aytganidan soʻng yangradi. Zelenskiy dekabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitida Putin bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu uchrashuvni “imkonsiz” deb atagan. U prezidentlar oʻrtasidagi muzokara faqat Rossiya poytaxtida boʻlib oʻtishini aytmoqda. Kremlda muzokaralar uchun muqobil joy koʻrib chiqilyaptimi, degan savolga Peskov “U (Zelenskiy – tahr.) bilan Moskvada uchrashishga tayyormiz”, deb javob bergan.

Zelenskiy va Putin 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqini boshlanganidan beri shaxsan uchrashmagan. Rossiya prezidenti 2019-yildan buyon G20 sammitlarida qatnashmaydi. Sentyabr boshida AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner tinchlik muzokaralarini qayta boshlash maqsadida Moskva va Kiyevga tashrif buyurdi. Keyinchalik xorijiy nashrlar muzokarachilar tashrifi hech qanday natija bermaganini yozdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.