Dunyo

Tramp Zelenskiyga Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni taklif qildi – Bloomberg

Tramp Zelenskiyga Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni taklif qildi – Bloomberg

Donald Tramp Vladimir Zelenskiydan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskvaga borishni so‘ragan, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp bu taklifni Ukraina rahbari bilan Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi uchrashuvi vaqtida bildirgan. Zelenskiy esa bu taklifni qabul qilmagan.

Ukraina prezidentiga yaqin manbalar aytishicha, Trampning Moskvaga borish haqidagi taklifi Zelenskiyni ranjitgan.

Kreml Putin va Zelenskiy uchrashuvi faqat Moskvada bo‘lishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan. Xususan, 23-sentyabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov: “Bizning pozitsiyamiz yaxshi ma’lum. Putin aytganidek, Zelenskiy istasa, Moskvaga kelishi mumkin. Unga zarur xavfsizlik kafolatlari taqdim etiladi”, degan.

2026-yil iyunida Putin Zelenskiy rossiyalik tadbirkorlardan biri orqali uni shaxsan uchrashuvga taklif qilganini aytgandi. Keyinroq bu tadbirkor Roman Abramovich ekani ma’lum bo‘lgan. Rossiya prezidenti uchrashuvdan hech qachon bosh tortmaganini, biroq “gapni behuda aylantirib o‘tirishni” istamasligini bildirgan.

Avvalroq Zelenskiy Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urush keskinligini kamaytirish uchun uchta taklif berganini aytgandi. Ulardan biri AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishni nazarda tutadi. Uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida Abu Dabi tilga olingan. Zelenskiy Kiyev ushbu taklifga bajonidil rozi bo‘lishini aytgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.