Dunyo

Latviyada bir qator jinoyatlardan soʻng Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishni cheklash taklif qilindi

Latviyada bir qator jinoyatlardan soʻng Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishni cheklash taklif qilindi

Latviya Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtinchalik toʻxtatib turish tashabbusi bilan chiqdi. Bunga idora maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan mamlakatga kelganidan keyin sodir etilgan bir nechta jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi qaratilgan jinoiy holatlar sabab boʻlgan.

"Biz chora koʻrishga majburmiz. Shu bois, Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishni muayyan muddatga toʻxtatib turishni va bu vaqtdan oʻzbek tomoni bilan hamkorlik qilish uchun foydalanishni taklif etamiz", — dedi ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava.

Ichki ishlar vazirligi ehtimoliy cheklov davrida axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va Latviyaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarni tekshirishni kuchaytirish mumkin boʻladi, deb umid qilmoqda.

Hozircha bu masala Vazirlar Mahkamasi kun tartibiga kiritilmagan — koalitsiya boʻyicha sheriklar uni koʻrib chiqishni qoʻllab-quvvatlamadi. Shunga qaramay, vazirlik ushbu tashabbus hukumatning navbatdagi yigʻilishida muhokama qilinishiga umid qilmoqda.

, Latviyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi ququni oʻldirish ishi boʻyicha sud oldida javob berishi maʼlum boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.