Dunyo

Belarusda o‘zbekistonliklar uchun 800 ga yaqin ish o‘rni taklif etilmoqda

Belarusda o‘zbekistonliklar uchun qariyb 800 ta ish o‘rni taklif qilinmoqda

O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda o‘zbekistonliklarni, ayniqsa Andijon viloyati fuqarolarini Belarusning Vitebsk viloyatiga tashkiliy tartibda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumotga ko‘ra, Vitebsk viloyatidagi ish beruvchilar qariyb 800 nafar xodimga ehtiyoj bildirgan. Andijon viloyatidan taqdim etilgan nomzodlar hujjatlari tekshirilgach, hozirgacha 204 kishidan iborat ro‘yxat shakllantirilgan. Kelgusida tanlovga O‘zbekistonning barcha hududlaridan talabgorlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Nomzodlarning hujjatlari va kasbiy ko‘nikmalari dastlabki bosqichda ko‘rib chiqiladi. Yakuniy tanlov esa Belarus ish beruvchilari bilan onlayn suhbatlar orqali amalga oshiriladi.

Uchrashuvda fuqarolarning yo‘l xarajatlarini ish beruvchilar tomonidan oldindan qoplash imkoniyatini ham o‘rganish taklif etildi.

15-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Belarusga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. Unda hududlararo hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Taqdimotda Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik natijalari ham ko‘rib chiqilgan. Ma’lum qilinishicha, ikki hudud o‘rtasidagi “yo‘l xaritasi” doirasida 255 nafar andijonlikning Vitebsk viloyatiga tashkiliy asosda borishi va ish bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.