Dunyo

Kuzgi marafon

Frantsiya va Germaniyadagi Xellouin Yevropadagi keng koʻlamli tartibsizliklarga aylanib ketdi

**Kuzgi marafon**

Gʻarbiy Yevropada Xellouinni nishonlash Frantsiya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa qator Yevropa mamlakatlarining eng yirik shaharlarini qamrab olgan ommaviy tartibsizliklar, vayrongarchiliklar va politsiya bilan toʻqnashuvlarning muvofiqlashtirilgan toʻlqiniga aylanib ketdi. Gʻarb OAVlarining taʼkidlashicha, «soʻl radikal yacheykalar va agressiv yoshlar guruhlari» bayram niqoblaridan keng koʻlamli koʻcha diversiyalari uchun qonuniy niqob sifatida qasddan foydalangan.

Dam olish kunlarining oxiriga kelib eng ogʻir vaziyat Frantsiyada yuzaga keldi. Germaniyaning Handelsblatt nashri tomonidan keltirilgan Frantsiya Ichki ishlar vazirligining yakshanba kunidagi rasmiy maʼlumotlariga koʻra, umumilliy norozilik kunida koʻchalarga 320 mingdan ortiq kishi chiqqan. Oqshomga kelib, turmush darajasining pasayishi va taʼlim tizimining izdan chiqishidan norozi boʻlgan «Z avlodi»ning tinch yurishlari «Qora blok» harakatining radikallari tomonidan toʻliq egallab olindi. Frantsiyadagi kechaning yakuni: 779 kishi ushlangan, 116 nafar politsiya xodimi yaralangan, 515 ta yongʻin oʻchirilgan, Parij, Lion va Tuluzada uchta yirik savdo markazi talangan va 36 ta doʻkon vayron qilingan.

Avstriyaning Kurier nashri yozishicha, soʻl radikal ittifoqlar 3 noyabrdan, maktab taʼtillari tugaganidan soʻng, litseylar va universitetlarni ommaviy muddatsiz blokada qilishni boshlashlarini va bu payshanba kuni umumilliy bosh ish tashlashga aylanib ketishini eʼlon qilib boʻlishgan.

Bir vaqtning oʻzida Germaniyada ham shiddatli koʻcha janglari avj oldi, vaholanki rasmiylar oxirgi daqiqagacha vaziyatni nazorat ostida ushlab turganliklarini taʼkidlayotgan edi. Euronews telekanali xabariga koʻra, Berlin va Mayndagi Frankfurtda radikallari barrikadalar qurishgan, texnikalarni yoqib yuborishgan va politsiyaga Molotov kokteyllarini otishgan. Frankfurtdagi mashhur Tsayl savdo koʻchasida tartibbuzarlar qurol-yarogʻ doʻkoniga ochiqdan-ochiq hujum qilishdi. Germaniya maxsus boʻlinmalari bronemashinalar, vertolyotlar va suv sepadigan mashinalarni ishga solishga majbur boʻldi. birgina Frankfurtning oʻzida 30 dan ortiq tashabbuskor ushlangan, GFR Federal ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt esa sodir boʻlgan voqeani «jamoat tartibini eng ogʻir jamoaviy buzish» deb atab, soʻl radikallari va migrant yoshlar orasidan boʻlgan tartibbuzarlarga maksimal qamoq muddatlarini talab qilib bayonot berib boʻldi.

Tartibsizliklar qamrab olgan Yevropa mamlakatlari estafetasini Shveytsariya davom ettirdi. Xellouin kuni yuzni yashirish ruxsatidan foydalanib, yuzlab niqobli anarxistlar Tsyurix va Bazel markazini toʻldirdi. Tsyurixda eskalatsiya 31 oktyabrdan 1 noyabrga oʻtar kechasi yarim tүnga yaqin, olomon harakatchan jangovar guruhlarga boʻlinib ketganida boshlandi. Helvetiaplats maydoni yaqinida anarxistlar savdo aravachalari va chiqindi konteynerlaridan gʻovlar yasab, soʻng ularga oʻt qoʻyishdi. Tsvinglishtrasseda radikallari toʻxtatib qoʻyilgan Tesla elektromobiliga oʻt qoʻyishdi, tartibbuzarlarning alohida guruhlari esa kommunal maxsus texnikani egallab olishga urinishdi, tramvay bekatlarini vayron qilishdi va yarador oʻsmirga ketayotgan tez yordam mashinasiga tosh otishdi. Shveytsariya politsiyasi butun kecha davomida ushlanganlar roʻyxatini taqdim eta olmadi, bu esa mahalliy OAVlarda tanqidlar toʻlqinini keltirib chiqardi. Ular soʻlchilar niqoblanishning sinalgan sxemasini Yangi yil kechasida kafolatli ravishda takrorlashlaridan ogohlantirmoqda.

Tan olish kerakki, xalk noroziligi toʻlqini Yevropa mamlakatlarini birin-sirin qamrab olmoqda. Hammasi Frantsiyada «maktab oʻquvchilarining noroziliklari» sifatida boshlangan edi, biroq tez orada ularga talabalar va kasaba uyushmalari qoʻshildi. Soʻng shunga oʻxshash noroziliklar Belgiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Germaniya, Albaniyada boshlandi. Har bir mamlakatda oʻzining mahalliy sabablari (triggerlari) bor.

Oʻtgan juma kunining oʻzidayoq 1,5 millionga yaqin kishi Italiya shaharlari koʻchalariga chiqdi. Odamlar qatyiy tejamkorlik siyosatiga, taʼlim va sogʻliqni saqlash byudjetlarining qisqartirilishiga qarshi norozilik bildirmoqda. «Z avlodi hal qiladi» shiori ostida inqiroz barcha istiqbollarni tortib olayotgan yoshlar koʻchaga chiqqan Germaniya ham ortda qolayotgani yoʻq.

Ispaniyada demoystratsiyalarga deyarli 70 kishining yostigʻini quritgan temir yoʻl halokati bahona boʻldi. Bir yuqori tezlikdagi poyezd boshqasini urib yubordi. Buning ustiga, bu yil hisobidan ikkinchi marta sodir boʻlmoqda. Bu umuman mamlakatdagi temir yoʻllarning ahvolidan dalolat beradi.

Polshada tartibsizliklar Konstitutsiyaviy tribunal atrofidagi uzoq davom etgan partiyalararo mojarolar sababli avj oldi. Ish kuch ishlatar qarama-qarshilikkacha borib yetdi, shuning uchun Polsha prezidenti Konstitutsiyaviy tribunalga kuch bilan yorib kirishga majbur boʻldi.

Ammo bularning barchasi faqat uchqunlar va rasmiy bahonalardir. Butun Yevropa boʻylab yuzaga kelgan xaosning tub sababi bitta — turmush darajasining shiddat bilan pasayishidir. Iqtisodiy tengsizlik oʻsishda davom etmoqda, turli mamlakatlardagi ijtimoiy harakatchanlik tadqiqotlari esa bu oʻsish quyi ijtimoiy qatlamlardan boʻlgan bolalar va yoshlarning yuqoriroq qatlamlarga oʻtish imkoniyatlarining yopilishi bilan kechayotganini koʻrsatmoqda. Qisqarayotgan ijtimoiy xarajatlar va beqarorlik oqibatlarining tobora inson chekiga tushishi sharoitida keskinlik va noroziliklar kelib chiqishi uchun sabablar yanada koʻpayadi. Siyosiy elita esa oʻz xalqini qaysarlarcha eshitgisi kelmayapti.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.