Dunyo

Kushner AQSH Ukraina boʻyicha «tinchlik paketi» tayyorlayotganini aytdi

Jared Kushnerning soʻzlariga koʻra, Tramp Rossiya va Ukraina orasida «dushmanlik boʻlmasligi, ularning ulkan salohiyatga ega boʻlishi va bir-biri bilan yovlashish oʻrniga manfaat topishlariga erishish»ni istaydi.

Kushner AQSH Ukraina boʻyicha «tinchlik paketi» tayyorlayotganini bildirdi

Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlikka erishish uchun choralar majmuasini tayyorlashni topshirganini aytdi. U bu haqda Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan boʻlib oʻtgan muzokaralardan keyin maʼlum qildi.

«Prezident Trampning vazifasi va bizning Stiv bilan shugʻullanayotgan ishimiz - tinchlik paketini tayyorlash», - dedi u.

Kushnerning aytishicha, Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasida «dushmanlik boʻlmasligi, ularning ulkan salohiyatga ega boʻlishi va bir-biri bilan yovlashish oʻrniga manfaat topishlariga erishish»ni xohlaydi.

Uchrashuv davomida uzoq muddatli tinchlikning tarkibiy qismlari qanday boʻlishi kerakligi hamda buning Ukraina, Rossiya va butun dunyo uchun qanday foyda keltirishi muhokama qilinganini u aytdi.

Kushnerning qoʻshimcha qilishicha, uch tomonlama muzokaralarga qaytish samarali qadam boʻladi.

«Biz Stiv bilan yarim yilcha avvalgidek uch tomonlama shaklga qaytish juda foydali boʻlardi deb hisoblaymiz. Biz ikkala tomon bilan ham muzokara oʻtkazdik va tez orada olgʻa siljish boʻladi deb umid qilamiz», - dedi u.

Axios nashrining Kiyevdagi muzokaralarda qatnashgan manbasiga koʻra, Kushner va Uitkoff tomonlar bilan «yangilangan» tinchlik taklifi ustida ishlash niyatida.

«Agar barcha manfaatdor tomonlar tegishli qadamni tashlashsa, vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarishi mumkin», - degan u.

Uitkoff va Kushner 6-sentabr kuni Kiyevga kelishdi. Bundan oldin ular Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazishgan. Uchrashuv qariyb uch soat davom etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.