Tramp elchilarining Kremlga tashrifi tinchlikni yaqinlashtiradimi?
Putin hamon oʻz pozitsiyasida qatʼiy: u urushni «faqat oʻz shartlari asosida» toʻxtatishi mumkin. Quyida Uitkoff va Kushnerning Moskvaga safari haqida nimalar maʼlumligi haqida.

Tramp elchilarining Kremlga safari tinchlikni yaqinlashtiradimi?
Stiv Uitkoff va Jared Kushner Moskvaga Donald Trampning urushni toʻxtatish haqidagi yangi taklifini olib kelishi kerak edi. Ularning Kremlga tashrifidagi ko‘plab jihatlar ham Vashingtonning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini qayta jonlantirish niyati jiddiy ekanini ko‘rsatdi. Biroq Amerika delegatsiyasining Vladimir Putin bilan uchrashuvi natijalari unchalik taskin bermaydi: Rossiya rahbariyati hanuz jang maydonidagi ustunligini hisobga olishni talab qilmoqda va «mojaroning birlamchi sabablari» bartaraf etilishini istamoqda.

