Sport

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yigʻinini tark etishi sabablarini ochiqladi

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yigʻinini nega tark etganini tushuntirdi

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Uning aytishicha, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bergan vaʼdalarini bajarmagan.

Maʼlumot uchun, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy uni 27-sentabr kuni Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida maydonga tushirmaganidan soʻng terma jamoa yigʻinini tark etgandi. Shundan keyin hujumchi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan.

«Norvegiyadagi oʻyin kuni tushlik paytida murabbiy yordamchisi jamoa ovqatlanayotgan stolga kelib, bosh murabbiy men bilan gaplashmoqchi ekanini aytdi.

Murabbiyning 30 daqiqa oʻynashga tayyormisiz, degan savoli men uchun mutlaqo kutilmagan boʻldi. Men butun eʼtiborimni tiklanishga qaratgandim, odatdagidek jamoadoshlarim bilan muloqotda edim va oʻsha kuni maydonga tushmayman, deb oʻylagandim. Bunga hech qanday eʼtirozim yoʻq edi.

Bu iltimos mening tiklanish va mashgʻulot rejamga kirmagan edi. Chunki men faqat 4-sanada «Dragau» stadionida oʻynashni rejalashtirgandim. Ammo, albatta, rozi boʻldim. U menga tayyor turishimni, chunki 30 daqiqa oʻynashimni aytdi. Qolganini hamma biladi. Tanaffusdan keyin chigal yozish mashqlarini bajardim. Daqiqalar oʻtib borardi, ammo meni hech kim chaqirmasdi.

Murabbiy menga bergan vaʼdasini buzdi.

Oʻyin oxirida faqat jamoamiz gʻalaba qozonishini va yolgʻiz qolishni xohladim. Muxlislar oldiga borib, ular bilan salomlashmadim. Bu xatoga faqat oʻzim javobgarman. Bunday qilmasligim kerak edi.

Oradan 48 soat oʻtgach, men, murabbiy va Simau Koutinyu («An-Nasr» sport direktori) oʻrtasida suhbat boʻldi. Chunki avgustdagi suhbatlarimizda ham aynan u qatnashgan edi. Bu jiddiy va juda ochiq suhbat boʻldi. Hech narsani yashirmay gaplashdik.

Vaziyatga nuqta qoʻyishning yagona yoʻli borligiga kelishdik: murabbiy Simau Koutinyu ishtirokida menga aytgan gaplarini matbuot anjumanida ham takrorlashi kerak edi.

Kelishuv oddiy edi. Murabbiy matbuot anjumanini shu mavzudan boshlab, haqiqatni aytish orqali masalani yopishga harakat qilishi lozim edi.

U men hech qachon hatto bir necha daqiqaga boʻlsa ham maydonga tushirishni soʻramaganimni, yigʻindagi ishtirokim boʻyicha rejani boshqa birov emas, aynan oʻzi taklif qilganini aytishi kerak edi. Shuningdek, agar oxir-oqibat meni maydonga tushirmoqchi boʻlmagan boʻlsa, chigal yozish mashqlariga chiqargani xato boʻlganini tan olishi lozim edi. Yana xuddi shunday holat takrorlansa, bunday qilmasligini ham aytishi kerak edi.»

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.