Rasman: Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etdi
Hozircha futbolchi milliy jamoadagi faoliyatini butunlay yakunlagani yoki faqat joriy yigʻinni tark etgani haqida maʼlumot berilmagan.

Rasman: Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etdi
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etdi. Bu haqda futbolchi oʻz Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Ronalduning soʻzlariga koʻra, u bu qarorga milliy jamoa bosh murabbiyining matbuot anjumani va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan boʻlgan suhbatdan keyin kelgan.
«Milliy jamoa bosh murabbiyining matbuot anjumanidan va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatdan soʻng terma jamoa yigʻinini tark etishga qaror qildim.
Vaqti kelganda barcha portugaliyaliklarga doimo borimni berib kelgan milliy jamoani tark etishimga nima sabab boʻlgani haqida haqiqatni aytib beraman. Hozir esa Portugaliyaga va istisnosiz barcha jamoadoshlarimga omad tilash vaqti keldi», - deb yozdi Ronaldu.
Hozircha futbolchi milliy jamoadagi faoliyatini butunlay yakunlagani yoki faqat joriy yigʻinni tark etgani borasida maʼlumot berilmagan.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta oʻyin oʻtkazib, 146 ta gol urgan.

