Dunyo

Kreml Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar qayta tiklanishini ma’lum qildi

Kreml Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar qayta boshlanishini ma’lum qildi

Rossiya, Ukraina va AQSH ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar oktyabr oyida qayta tiklanishi ehtimoli bor. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Ha, bunday imkoniyatni istisno qilmaymiz. Biz aynan yaqin istiqbol haqida gapiryapmiz. Ya’ni, taxminan oktyabr. Oktyabrni istisno qilib bo‘lmaydi”, dedi Peskov tegishli savolga javob berar ekan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Ankorijdagi kelishuvlar bo‘yicha muzokara jarayoni noldan boshlanmasligini ta’kidladi.

“Bularning barchasi, albatta, uzoq davom etadigan, shu bilan birga murakkab jarayonning mohiyatini tashkil etadi”, dedi Ushakov.

Uning aytishicha, muzokara jarayoni davom etmoqda va Moskva ertami-kechmi u ijobiy natijaga olib kelishiga umid qilmoqda.

Avvalroq Ushakov hududlar masalasida siljish bo‘lsa, kelishuvga erishish yo‘lida harakat qilish osonroq bo‘ladi”, degan edi.

Kreml AQSHning Ukrainaga oid muzokaralardagi vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner tashrifidan keyin Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar “yaqin istiqbolda” qayta tiklanishiga umid bildirgan edi.

Shu bilan birga, Kreml muzokaralar natijasini oldindan aytish qiyinligini, chunki frontdagi vaziyat Ukraina uchun yomonlashayotganini ta’kidlagan.

Ushakov Birlashgan Arab Amirliklarini muzokaralar o‘tkazish uchun ustuvor maydon sifatida atagan. Keyinchalik u Abu Dabi valiahd shahzodasi Xolid bin Muhammad al Nahayon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muzokaralarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning dastlabki ikki raundi BAAda 23–24-yanvar va 4–5-fevral kunlari o‘tkazilgan edi. Uchinchi raund esa 17–18-fevral kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tgandi.

Navbatdagi muzokaralar 5–8-mart kunlari Abu Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Biroq Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar fonida uchrashuv qoldirilgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni jonlantirish maqsadida avval Moskvaga, keyin Kiyevga tashrif buyurgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.