Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hokimliklarning yuzlab noqonuniy maxfiylashtirilgan qarorlarini aniqladi

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hokimliklarning eʼlon qilinishdan noqonuniy yashirilgan yuzlab qarorlarini aniqladi
Oʻzbekistonda mahalliy hokimliklarning qonuniy asoslarsiz E-qaror tizimiga joylashtirilmagan 771 ta qarori aniqlandi. Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining aralashuvidan soʻng ushbu hujjatlarning barchasi eʼlon qilindi, tekshiruvlar natijalari boʻyicha esa uch nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Idora maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning toʻqqiz oyi davomida mahalliy hokimliklar tomonidan jami 128,2 mingta hujjat qabul qilingan. Ulardan 90,9 mingtasi yoki 71 foizi ochiq foydalanish uchun joylashtirilgan. Yana 37,3 mingta hujjat (29 foizi) yopiqligicha qolgan yoki "Xizmat doirasida foydalanish uchun" grifi bilan qabul qilingan. Shu bilan birga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yopiq hujjatlar soni 15 foizga kamaygan.
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish uchun agentlik hokimliklarga 53 ta rasmiy taqdimnoma kiritdi. shundan soʻng aniqlangan sir tutilgan hujjatlarning siri ochildi va barchasi eʼlon qilindi.
Xizmat tekshiruvlari yakunlari boʻyicha uch nafar rahbar ishdan boʻshatildi, yana ikki nafariga hayfsan eʼlon qilindi. Boʻndan tashqari, 96 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi.

