Sport

Koneru Hampi: «Özbekistonlik yoş şaxmatçilarda katta salohiyat bor»

Toşkentda şaxmat böyiça V «Zakovat Gambit» musobaqasining final bosqiçi bölib ötmoqda. Tadbirga taniqli grossmeysterlardan biri, hindistonlik Koneru Hampi ham mehmon sifatida taklif etilgan. “Özim qarşi öynagan ikki yoş şaxmatçining isteʼdodi hayratga soldi”, – deydi Hampi.

Koneru Hampi: «Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilarda katta salohiyat bor»

Dastlabki saralash bosqichida 6 mingdan ortiq shaxmatchi bellashgan V “Zakovat Gambit” musobaqasining final bosqichi o‘tkazilmoqda. Musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan vengriyalik grossmeyster Peter Leko Oʻzbekiston terma jamoasining yutuqlari va mamlakatda voyaga yetib kelayotgan yosh shaxmatchilar haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shaxmat olimpiadasida qatnashdim. Oʻzbekiston jamoasi ajoyib natija ko‘rsatdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Muhiddin Madaminov juda kuchli o‘yin namoyish etdi. Ular bizni ham mag‘lub etishdi — hisob 4:0 bo‘ldi. Bu tarixiy mag‘lubiyat edi. O‘z maydonida g‘alaba qozonish — tarixiy natija. Chunki mezbon jamoaga doimo katta bosim va yuqori talablar bo‘ladi. Shunga qaramay, Oʻzbekiston jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, kuchli ruh va ishonch bilan harakat qildi. Ular nafaqat kuchli shaxmatchi, balki juda samimiy va yaxshi insonlar ham. Buni juda qadrlayman. “Zakovat Gambit” musobaqasida ham ko‘rganlarim meni hayratga soldi. Yoshlarning blitsdagi o‘yinlarini kuzatdim. Ularning saviyasi nihoyatda yuqori. Haqiqatan ham, yangi avlod yetishib kelayotganini ko‘rish mumkin», - dedi Leko.

Hindistonlik taniqli grossmeyster Koneru Hampi ham Oʻzbekiston shaxmatchilari haqida ijobiy fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, yosh o‘yinchilar to‘g‘ri tayyorgarlik va muntazam mashg‘ulotlar orqali yaqin kelajakda yuqori natijalarga erishishi mumkin.

«Agar ular munosib tayyorgarlik ko‘rishsa, yaqin kelajakda juda kuchli shaxmatchilarga aylanishadi. Men o‘ynagan ikki yosh shaxmatchining isteʼdodi meni ayniqsa hayratga soldi. Shuningdek, mahalliy homiylar va davlat tomonidan shaxmatga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashni ham alohida taʼkidlash kerak. Bunday yordam yosh shaxmatchilarning rivojlanishi va kelajakda yanada yuqori natijalarga erishishida muhim ahamiyatga ega», - deydi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.