KinoTest: “Zita va Gita”, “Bog‘bon” hamda “Vir va Zara” kabi filmlarni bir ko‘rishda taniysizmi?
“Qasos va qonun”, “Changalzor qiroli” va “Orzular sotuvchisi” singari kinolarda suratga tushgan Hema Malini 16-oktabrda 78 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktrisaning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: “Zita va Gita”, “Bog‘bon” hamda “Vir va Zara” kabi filmlarni bir qarashda taniysizmi?
Hema Malini 1948-yil 16-oktabrda Hindistonning Tamilnad shtatida dunyoga kelgan. U 1965-yilda “Pandu bu dunyoni tark etadi” (“Pandava Vanavasam”) filmi bilan kinodagi ilk qadamini qo‘ygan. Oradan uch yil o‘tib, aktrisa “Orzular sotuvchisi” (“Sapnon Ka Saudagar”)da ham rol ijro etgan. 1970-yilda “Mening ismim Jonni” (“Johny Mera Naam”), 1972-yilda esa o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan “Zita va Gita” (“Seeta Aur Geeta”) hamda “Sevimli Raja” (“Raja Jani”) filmlarida suratga tushgan.
1975−1979-yillarda u “Qasos va qonun” (“Sholay”), “Changalzor qiroli” (“Maa”), “Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” (“Alibaba Aur 40 Chor”) kabi filmlarda turli obrazlarni gavdalantirgan. 1980−1990-yillarda esa uning ishtirokidagi “Samrat”, “Qadimiy ibodatxona xazinalari” (“Taqdeer”), “Rajput” singari filmlar ekranlarga chiqqan. Shuningdek, u “Vira va Zara”, “Bog‘bon”, “Ganga” kabi kinolarda ham rol o‘ynagan.

