Layfstayl

KinoTest: “O‘tkinchi dunyo”, “Men va sen” kabi hind filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi yo‘qmi?

“Salom Namaste”, “Poyga” va “Hammasi yaxshi bo‘ladi” singari Bollivud filmlarida suratga tushgan Saif Ali Xon 16-avgustda 56 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: "O‘tkinchi dunyo" va "Men va sen" kabi hind filmlarini bir qarashda tanib olasizmi?

Saif Ali Xon 1970-yil 16-avgustda Hindistonning Nyu Dehli shahrida tavallud topgan. Uning kinodagi ilk chiqishi 1993-yilda ekranlarga chiqqan "Parampara" filmi bilan boshlangan. Xuddi shu yili namoyish etilgan "Oshiqlar" filmi unga birinchi "Filmfare" mukofotini olib kelgan.

Keyingi yili suratga olingan "Qalbim o‘g‘risi" filmi uning faoliyatidagi eng mashhur asarlaridan biriga aylangan. 1999-yilda "Ayrilmas juftliklar" filmida ishtirok etgan aktyor 2000-yildan 2006-yilgacha "Na sen bilasan, na men", "O‘tkinchi dunyo", "Salom Namaste" va "Men va sen" kabi filmlarda rollar ijro etgan.

Bundan tashqari, u "Poyga", "Hammasi yaxshi bo‘ladi", "Sevgi kecha va bugun", "Qurbon" va "Bechora yurak" nomli filmlarda ham rol o‘ynagan.

Tug‘ilgan kun munosabati bilan Gazeta aktyor ishtirok etgan filmlar asosida test tayyorladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.