Layfstayl

KinoTest: Shon Konnerining filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?

Jeyms Bond haqidagi 7 ta filmda, “Indiana Jons'ning 3-qismi va “Birinchi ritsar” singari kinolarda suratga tushgan Shon Konneri tavalludiga 25-avgustda 96 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: Shon Konneri ishtirokidagi filmlarni bir qarashda aniqlay olasizmi?

Shotlandiyaning Edinburg shahrida 1930-yil 25-avgustda tavallud topgan Shon Konneri kino olamidagi faoliyatini 1950-yillarda boshlagan. U 1954-yilda "Bahordagi sirenlar" ("Lilacs in the Spring") filmida, uch yildan so‘ng esa "Ortga yo‘l yo‘q" ("No Road Back") kartinasida suratga tushgan.

Konneri 1962-yilda "Doktor Nou" ("Dr. No") filmida ilk bor Jeyms Bond rolini ijro etgan va turli yillar davomida jami yettita filmda agent-007 obrazini gavdalantirgan. Aktyor 1964-yilda "Marni", 1974-yilda esa "Sharqiy ekspressdagi qotillik" ("Murder on the Orient Express") filmlarida ishtirok etgan. "Daxlsizlar" ("The Untouchables") filmidagi roli uchun u "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ikki yildan keyin "Indiana Jons va so‘nggi salib yurishi" ("Indiana Jones and the Last Crusade") filmida, so‘ngra "Qizil oktabr ovi" ("The Hunt for Red October"), "Qoya" ("The Rock"), "Birinchi ritsar" ("First Knight") hamda "Forresterni izlab" ("Finding Forrester") kabi filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Shon Konneri 2020-yilda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.