KinoTest: “Terminator”, “Avatar” va “Titanik” kabi filmlarni bir ko‘rishda taniysizmi?
Gollivudning kassabop blokbasterlar rejissyori Jeyms Kemeron 2026-yil avgustda 72 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Gazeta ijodkorning kinolari asosida test tayyorladi.

KinoTest: "Terminator", "Avatar" va "Titanik" kabi filmlarni bir qarashda tanib olasizmi?
Jeyms Kemeron 1954-yil 16-avgustda Kanadaning Kapuskasing shahrida dunyoga kelgan. Jorj Lukasning "Yulduz janglari" ("Star Wars") filmi uning professional kinoga qiziqishiga sabab bo'lgan. 1978-yilda u maktabdosh do'stlari bilan birgalikda "Ksenogenezis" ("Xenogenesis") nomli qisqa metrajli film suratga olgan. Uning ilk to'liq metrajli filmi "Piranha" filmining davomi bo'lgan "Piranha-2" edi.
1984-yilda Kemeron rejissyor sifatida tanilishiga sabab bo'lgan "Terminator" filmini taqdim etdi. Ikki yildan so'ng, 1986-yilda "O'zga sayyoraliklar" ("Aliens"), 1989-yilda esa "O'pqon" ("The Abyss") filmlarini suratga oldi. 1991-yildan 1994-yilgacha "Terminator-2: Qiyomat kuni" ("Terminator 2: Judgment Day") va "Haqiqiy yolg'on" ("True Lies") kabi filmlari ekran yuzini ko'rdi.
1997-yilda 11 ta yo'nalish bo'yicha "Oskar" mukofotiga sazovor bo'lgan "Titanik" filmining premyerasi bo'lib o'tdi. 2010-yilga kelib, "Titanik"ning kino tarixidagi eng kassabop film sifatidagi rekordini rejissyorning keyingi filmi – "Avatar" yangiladi. 2022-yilda "Avatar: Suv yo'li" ("Avatar: The Way of Water") filmi, 2025-yilda esa "Avatar: olov va kul" ("Avatar: Fire and Ash") filmi taqdim etildi.
Shuningdek, Kemeron "To'lqinlar bag'rida" ("Point Break"), "G'ayrioddiy kunlar" ("Strange Days"), "Solyaris" va "Sanktum" kabi filmlarning prodyuseri, ayrimlarining ssenariy muallifi hamdir.

