Layfstayl

KinoTest: Kianu Rivzning filmlarini bir ko‘rishda taniysizmi?

“Matritsa”, “Jon Uik” va “Ko‘l bo‘yidagi uy” singari kinolarda suratga tushgan Kianu Rivz 2-sentabrda 62 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: Kianu Rivzning filmlarini bir qarashda taniy olasizmi?

Kianu Rivz 1964-yil 2-sentabrda Livanning Bayrut shahrida dunyoga kelgan. U aktyorlik yo‘lini teatr sahnasidan boshlagan va 15 yoshida “Romeo va Juletta” spektaklida rol o‘ynagan. Shundan so‘ng reklama roliklarida suratga tushgan, bir muddat esa muxbir sifatida ham ishlagan. 1986-yilda u ilk bor “Youngblood” nomli to‘liq metrajli filmda hamda “Daryo yoqasida” (“Riverʼs Edge”) kinokartinasida qatnashgan.

1989−1991-yillarda u “Bill va Tedning ajoyib sarguzashtlari” (“Bill and Tedʼs Excellent Adventure”) va uning davomi bo‘lgan “Bill va Tedning yangi sarguzashtlari” (“Bill and Tedʼs Bogus Journey”) filmlarida rol ijro etgan.

1991−1999-yillarda esa “To‘lqinlar bag‘rida” (“Point Break”), “Mening shaxsiy Aydaho shtatim” (“My Own Private Idaho”), “Drakula”, “Tezlik” (“Speed”) va “Matritsa” (“The Matrix”) filmlarida suratga tushgan.

2003-yilda “Matritsa”ning ikkinchi va uchinchi qismlari — “Qayta yuklanish” va “Inqilob” ekranlarga chiqqan. 2006-yilda “Ko‘l bo‘yidagi uy” (“The Lake House”) premerasi bo‘lib o‘tgan. Aktyor ishtirok etgan “47 Samuray” (“47 Ronin”), “Ko‘cha qirollari” (“Street Kings”), “Professional” (“Siberia”) kabi filmlar ham muvaffaqiyat qozongan.

2020−2023-yillarda u “Matritsa-4: Qayta tirilish” va “Jon Uik” franshizasining to‘rtinchi filmida ko‘rinish bergan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.