Gollivud aktyorlarining yillar o‘tgach, ko‘pchilikning yodidan chiqib ketgan noodatiy rollari

Gollivud aktyorlarining yillar o‘tib ko‘pchilikning yodidan chiqqan g‘ayrioddiy rollari
Jim Kerri yoshligida pushti rangli, mushukka o‘xshash o‘zga sayyoralikni o‘ynaganiga ishonish qiyin, Kianu Rivz esa jasur ritsar emas, balki qo‘rqoq yovuz odam rolini ijro etgan.
**Marlon Jeyms — Kianu Rivz**
1990-yilda Kianu Rivz o‘zi uchun juda noodatiy rolda – “Seni toabad sevaman” komediyasida qo‘rqoq qotil Marlon Jeymsni o‘ynaydi.
**Devid Vuderson — Metyu Makkonaxi**
Dastlab Makkonaxi 1993-yilda suratga olingan “Sarosima” filmida rol o‘ynamasligi kerak edi. Rol shunchalik kichik ediki, film ijodkorlari uni mahalliy aktyorlardan biriga berishga qaror qilishadi. Ammo bir kuni kechqurun kinematografiya fakultetida tahsil olayotgan Makkonaxi do‘sti ishlaydigan muassasaga keladi. Unga qo‘shni stollardan birida kasting direktori o‘tirganini aytishadi. Makkonaxi u bilan gaplashadi va rolni oladi. Faqat rejissor norozi bo‘ladi, chunki u Makkonaxini bu personaj uchun juda chiroyli deb hisoblaydi.
**Uiplok — Jim Kerri**
“Yerlik qizlarga osonroq” (1988) ilmiy-fantastik filmida Jim Kerri Yerlik ayollarning go‘zalligidan shunchalik hayratda qolgan, ikki do‘sti bilan sayyoramizga qo‘nishga qaror qilgan pushti rangli o‘zga sayyoralik Uiplok rolini o‘ynaydi. Yerliklarga o‘xshash uchun mo‘ynalarini qirqib olganlaridan so‘ng Uiplok va uning do‘stlari ayollar uchun juda jozibali bo‘lib qoladilar.
**Robert Pronj — Kris Evans**
2012-yilda Kris Evans “Muzli” kriminal trillerida asosiy rollardan birini – Robert Pronj ismli qotilni o‘ynaydi. Film real voqealar asosida suratga olingan.
**Kigan — Jeyson Momoa**
Jeyson Momoa “Shiddatli” (2012) filmida kichik rol – yollanma ishchi Kiganni o‘ynaydi. Buning uchun aktyor soqolini olishi, baquvvat iyagi va yuz xususiyatlarini namoyish qilishi kerak edi.
**Dreksl Spayvi — Gari Oldman**
Gari Oldman “Haqiqiy sevgi” (1993) filmida bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa ekran vaqtiga ega bo‘lgan, ammo u ulardan tomoshabinlar va tanqidchilarni o‘ziga tortadigan tarzda foydalangan. Tarantino tomonidan yozilgan ushbu kriminal filmda Oldman yovuz qahramon Dreksl Spayvini gavdalantirgan va ba'zi tanqidchilarga ko‘ra, bu rol aktyor faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘lgan.
**Kapitan Huk — Dastin Xoffman**
Dastin Xoffman film ssenariysi yozilmasdanoq kapitan Huk roliga tasdiqlangan. Qizig‘i shundaki, Kapitan Huk (1991) rejissori Stiven Spilberg Maykl Jekson ishtirokidagi musiqiy film yaratish haqida o‘ylaydi va hatto Dastin Xoffman bilan qo‘shiqlaridan birini yozib oladi. Ammo oxir-oqibat u bu rejasidan voz kechadi va qo‘shiqni filmdan olib tashlaydi.
**Joanna Xoffman — Keyt Uinslet**
Stiv Djobsning biografik filmida Keyt Uinslet marketing bo‘yicha menejer va Jobsga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kam sonli kishilardan biri bo‘lgan Joanna Xoffman rolini o‘ynaydi. Aktrisaning o‘zi uni tadbirkorning “ishchi rafiqasi” deb ta’riflagan. Keyt kasting haqida tasodifan bilib qoladi va darhol unda rol o‘ynash istagi tug‘iladi. “Men internetda Xoffmanning qanday ko‘rinishini topdim, erimni parik do‘koniga borishga ko‘ndirdim. Kalta qora sochli parik sotib oldim va undagi suratimni prodyuserga yubordim”. Aktrisa tez orada u “Oltin globus” va BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan rolga ega bo‘ladi.
**Karen Silkvud — Meril Strip**
“Silkvud” (1983) biografik dramasida Meril Strip fabrikada xavfsizlik buzilishini ommaga oshkor qilmoqchi bo‘lgan kimyogar Karen Silkvud rolini o‘ynaydi. Ushbu roli uchun aktrisa “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

