KinoTest: Ayshvariya Rayning filmlarini bir ko‘rinishda taniysizmi?
“Devdas”, “Muhabbat qissalari” hamda “Jodha va Akbar” singari kinolarda suratga tushgan Ayshvariya Ray 1-noyabrda 53 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktrisaning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: Ayshvariya Rayning filmlarini bir qarashda taniysizmi?
Ayshvariya Ray 1973-yil 11-noyabrda Hindistonning Mangalur shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda “Dunyo go‘zali” unvonini olgan aktrisa kino faoliyatini “Tandem” (“Iruvar”) filmi bilan boshlagan. U 1999-yilda “Qalbim senikidir, jonim” (“Hum Dil De Chuke Sanam”), 2000−2002-yillarda esa “Ong va sezgi” (“Kandukondain Kandukondain”), “Muhabbat va ishtiyoq” (“Josh”), “Muhabbat qissalari” (“Mohabbatein”), “Sevgi haqida bir necha so‘z” (“Dhaai Akshar Prem Ke”) hamda “Devdas” filmlarida rol o‘ynagan.
Ayshvariya ishtirok etgan “Umrao Jan” va “Jodha va Akbar” kabi filmlar ham mashhurlikka erishgan. Shuningdek, u “Aytmasang ham bilaman” (“Kuch Naa Kaho”), “O‘tinch” (“Guzaarish”), “Robot” (“Entrihan”) va “Yagonam o‘zing” (“Hum Tumhare Hain Sanam”) kabi kinolarda ham qatnashgan.

