Mahalliy

Kinematografiya agentligi tugatilib, tizim Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, uning 19 ta tashkiloti va Kinematografiya jamg‘armasi tugatilib, soha boshqaruvi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi, dedi prezident. Vazirlik huzurida yangi Kino san’ati departamenti tashkil etilib, uning rahbari vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Kinematografiya agentligi tugatilib, tizim Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, uning tizimidagi 19 ta tashkilot hamda Kinematografiya jamg‘armasi tugatiladi. Kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati esa Madaniyat vazirligiga beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 26 oktbyar kuni “Renessans” kino uyida kinoijodkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, sohada birinchi navbatda ixcham va zamonaviy boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi. Kinematografiya agentligi faoliyati samaradorligining asosiy mezonlari suratga olinayotgan filmlarning ommabopligi yoki tomoshabinlar e’tirofi emas, balki faqat tasdiqlangan rejani bajarishdan iborat bo‘lib qolgani aniqlangan.

Shuningdek, filmlarning marketingi, distributsiyasi va xalqaro sotuvi bo‘yicha yaxlit tizim shakllantirilmagan.

Endilikda Madaniyat vazirligi tuzilmasida Kino san’ati departamenti tashkil etiladi va ushbu departament rahbarining maqomi vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Shuningdek, vazirlik muassisligida yangi “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etilib, u sohadagi bosh operator etib belgilanadi.

Agentlik va uning tizimidagi tuzilmalar tugatilishi ortidan bo‘shab qolgan davlat binolari va aktivlar ochiq auksion orqali sotuvga chiqariladi.

Mas’ullarga Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni tugatishni ta’minlash hamda yangi tashkil etilayotgan Kino san’ati departamenti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish ishlarini bir oy muddatda yakunlash topshirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.