Dunyo

Kim Chen In komada ekani aytildi, KXDR bunga javoban uning suratlarini eʼlon qildi

Gʻarb matbuotida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning komada ekani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga javoban Shimoliy Koreya hukumati uning yangi suratlarini eʼlon qildi.

Kim Chen In komada ekani aytilgach, KXDR bunga javoban uning suratlarini tarqatdi

19-oktabr kuni Kimning komaga tushgani haqida Britaniyaning The Sun, Amerikaning New York Post tabloidlari va Hindistonning Economic Times nashri xabar berdi. Ular «ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari»ga tayangan holda, KXDR yetakchisi miyasiga qon quyilishi oqibatida komaga tushib qolgani va Pekindagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini taʼkidladi.

KXDR bu xabarlarga izoh bermadi, biroq 20-oktabr kuni Koreya markaziy telegraf agentligi Kim oʻz oilasi bilan Pxenyandagi kiyim-kechak va poyabzal koʻrgazmasiga tashrif buyurgani haqida reportaj eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, bu voqea bir kun avval sodir boʻlgan.

AQShda yashovchi taniqli xitoylik dissident Vanjun Se tomonidan X ijtimoiy tarmogʻida qoldirilgan xabar mish-mishlarning asosiy manbasi boʻlgan. Se dastlabki postida Kimning Xitoyda shifoxonaga yotqizilganiga qaramay vafot etganini iddao qilgan.

Janubiy koreyalik diplomatlar va razvedkadagi manbalar Kim Chen Inning komaga tushgani haqidagi daʼvolarni tasdiqlovchi “hech qanday maʼlumot eshitmaganliklari”ni bildirdi.

Sentabr oyida Janubiy Koreya razvedkasi parlamentga hisobot taqdim etib, unda Kim oʻta ogʻir darajadagi semizlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlagan edi: boʻyi 170 santimetr boʻlgani holda, u 140 kilogramm tosh bosyapti. Shu bilan birga, razvedka hisob-kitoblariga koʻra, “davolovchi shifokorlar guruhining sinchkov kuzatuvi inobatga olinsa”, KXDR yetakchisining sogʻligʻida jiddiy muammolar borligidan darak beruvchi alomatlar yoʻq.

KXDR rasmiylari Kimning sogʻligʻi haqida hech qachon xabar bermagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.