Dunyo

“Rossiya g‘alabasiga ishonaman” — Kim Chen In Putinga xat yo‘lladi

“Rossiya g‘alabasiga ishonaman” — Kim Chen In Putinga maktub yubordi

Kim Chen In Vladimir Putin hamda Rossiya xalqini doimiy qo‘llab-quvvatlashga vaʼda berdi.

U ushbu telegrammani KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan Rossiyadan yuborilgan tabrikka javoban jo‘natgan.

“Men mamlakat xavfsizligi va xalqaro adolat manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi bugungi muqaddas urushda Rossiya g‘alabasiga qatʼiy ishonaman. Shuningdek, sizni va qardosh Rossiya xalqini doimo qo‘llab-quvvatlashga vaʼda beraman”, — deyiladi Putinga yo‘llangan maktubda.

Kim Chen In Moskva bilan o‘zaro yordam va mustahkam ittifoqchilik munosabatlariga tayangan hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish niyatida ekanini bildirgan.

2024-yil iyun oyida Putin va Kim Chen In har tomonlama strategik sheriklik haqidagi shartnomani imzolagan edi. U 23 moddadan iborat bo‘lib, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, fan, texnologiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Shartnomada harbiy sohadagi o‘zaro hamkorlikka alohida urg‘u beriladi. Hujjatning to‘rtinchi moddasiga ko‘ra, agar tomonlardan biri bir yoki bir nechta davlat hujumiga uchrasa, ikkinchi tomon unga mavjud barcha vositalari bilan yordam beradi.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Kim Chen In KXDR harbiylarining Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi jang qilishi evaziga olingan mablag‘larni bir qator qurilish va qurol-yarog‘ loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirmoqda.

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan so‘nggi uch yil ichida Rossiyadan qurol yetkazib berish hamda KXDR harbiylarining Kursk viloyatini ozod etishda qatnashishi evaziga pul va turli iqtisodiy imtiyozlar ko‘rinishida kamida 7,7 milliard dollar olgan. To‘lovlarning umumiy hajmi 14 milliard dollargacha yetishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.