Kegeylida issiqxona majmuasi 50 ta oilani doimiy ish bilan taʼminladi
Qoraqalpogʻistonning Kegeyli tumanida issiqxona majmuasi ishga tushirildi, buning sharofati bilan Ijtimoiy reyestrdagi 50 ta oila doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Majmua faoliyati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi. Maydoni 5 gektar boʻlgan issiqxona majmuasini tashkil etishga 12,5 mlrd soʻm imtiyozli mablagʻ yoʻnaltirildi. Loyihada ishtirok etayotgan har bir oilaga 10 sotixdan issiqxona maydoni ajratib berildi. Ikki yil davomida biriktirilgan tadbirkor […]

Kegeylida issiqxona majmuasi 50 ta oilani doimiy ish bilan taʼminladi
Qoraqalpogʻistonning Kegeyli tumanida issiqxona majmuasi ish boshladi, buning sharofati bilan Ijtimoiy reyestrdagi 50 ta oila doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Majmua faoliyati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.
Maydoni 5 gektar boʻlgan issiqxona majmuasini qurishga 12,5 mlrd soʻm imtiyozli mablagʻ yoʻnaltirildi. Loyihada ishtirok etayotgan har bir oilaga 10 sotixdan issiqxona maydoni ajratildi.
Ikki yil davomida majmuaga loyiha yetakchisi sifatida biriktirilgan tadbirkor ishtirokchilarga issiqxona xoʻjaligining zamonaviy usullarini oʻrgatadi va ularga amaliy koʻnikmalarni egallashda yordam beradi. Kelgusida oilalar oʻz tomorqalarida shaxsiy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishlari mumkin boʻladi.
Tadbirkor yetishtirilgan mahsulotni ishtirokchilardan bozor narxlarida sotib olish majburiyatini oladi.
Majmua negizida, shuningdek, har yili 1 ming nafargacha kishini issiqxona va qishloq xoʻjaligining zamonaviy usullariga oʻqitish rejalashtirilgan.
Loyihaning qoʻshimcha yoʻnalishi oʻrdak boqish boʻldi. Yaqin atrofdagi 350 metrlik kanalda 500 ta parranda boqilmoqda. Ishtirok etuvchi har bir oilaga Braziliyadan olib kelingan «Favorit» zotli 10 tadan nasldor oʻrdak berildi.
Elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish maqsadida majmua hududida umumiy quvvati 100 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi. Loyiha maʼlumotlariga koʻra, ular ishlab chiqaradigan elektr energiyasi issiqxona xoʻjaligining kundalik ehtiyojlari uchun yetarli hisoblanadi.

