Mahalliy

Kechqurun Toshkentning ayrim tumanlarida havo sifati yomonlashishi prognoz qilinmoqda

Toshkentda 14 oktyabr kuni kechqurun havodagi ifloslantiruvchi zarrachalar kontsentratsiyasi ortishi kutilmoqda.

Kechqurun Toshkentning ayrim hududlarida havo sifati yomonlashishi kutilmoqda

Soat 20:00 dan 23:00 gacha havo sifati indeksi AQI 100–150 gacha koʻtarilishi mumkin, bu «aholining taʼsirchanuch guruhlari uchun nosogʻlom» darajasiga toʻgʻri keladi, deyiladi Milliy ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi xabarida.

Eng yuqori koʻrsatkichlar soat 22:00 dan 23:00 gacha poytaxtning shimoliy va gʻanbiy qismlarida prognoz qilinmoqda.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 14 oktyabrga oʻtar kechasi ayrim soatlarda va Toshkentning baʼzi hududlarida havo sifatining qisqa muddatli yomonlashishi kuzatildi. Kuchsiz shamol va temperatura inversiyasi atmosferaning yerga yaqin qatlamida ifloslantiruvchi zarralarning toʻplanishi uchun sharoit yaratdi.

Shu bilan birga, shahar boʻyicha havo sifatining oʻrtacha koʻrsatkichlari milliy indeks boʻyicha PM2,5 uchun «yashil» va PM10 uchun «sariq» darajada qoldi.

14 oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha havo sifati asosan «oʻrtacha» darajada — AQI 75–100 boʻlishi prognoz qilingan edi.

Qoʻmita atmosfera havosining sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinayotganini qoʻshimcha qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.