Kanada ruhiy xastaligi bor insonlarga yordam ostida hayotdan koʻz yumish (evtanaziya) imkoniyatini kengaytirish rejasini toʻxtatib turdi
Kanadada 2027 yil mart oyida faqat ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga ham tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish (evtanaziya) huquqi berilishi kerak edi, biroq bu qaror endi nomuayyan muddatga toʻxtatib qoʻyildi.

Kanada ruhiy kasallikka chalingan shaxslar uchun tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish imkoniyatini kengaytirish rejalarini toʻxtatib qoʻydi
Adliya vaziri Shon Freyzer ushbu toʻxtalish qiyin qaror boʻlganini aytdi
Kanada yagona tashxisi ruhiy kasallik boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish qonunini tatbiq etish rejalarini nomuayyan muddatga toʻxtatib turishini maʼlum qildi va bunga kimlar loyiq deb topilishi kerakligi borasida yagona fikr yoʻqligini roʻkach qildi.
Bu qaror joriy yil boshida parlament komissiyasi tomonidan tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish — Kanadada Maid nomi bilan tanilgan dastur — doirasini kengaytirmaslik haqidagi tavsiyasidan soʻng qabul qilindi.
Chorshanba kuni adliya vaziri Shon Freyzer "bu masalada mukammal konsensus mavjud boʻlmasa-da, biz buni toʻgʻri yondashuv deb hisoblaymiz", dedi.
Ushbu dasturni yagona tashxisi ruhiy kasallik boʻlgan shaxslarga ham tatbiq etishni qoʻllab-quvvatlovchilarning taʼkidlashicha, buni amalga oshirmaslik ularning konstitutsiyaviy huquqlarini va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini buzadi.
Hukumatning ruhiy kasallikka chalingan shaxslar uchun Maid dasturidan foydalanishni kechiktirish haqidagi avvalgi qarori ustidan qoʻzgʻatilgan federal sud jarayoni hali ham davom etmoqda.
Chorshanba kungi bayonot shuni anglatadiki, yagona tashxisi ruhiy kasallik boʻlgan kanadalik bemorlar avval rejalashtirilganidek, 2027 yilning martiga qadar tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish imkoniyatiga ega boʻla olmaydilar.
Kanadada tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish 2016 yilda davolab boʻlmaydigan kasallikka chalingan bemorlar uchun qonuniylashtirilgan boʻlib, ular hali ham holatlarning mutlaq koʻpchiligini tashkil qiladi.
Kvebekdagi sud jarayonidan soʻng, 2021 yilda bu imkoniyat oʻlimi yaqin boʻlmagan, ammo davolab boʻlmaydigan xastalikka chalingan bemorlarni ham qamrab olish uchun kengaytirildi. Kanadada bu imkoniyat Maid dasturining "ikkinchi yoʻnalishi" deb ataladi.
Bu kengayish bahs-munozaralarga sabab boʻldi, nogironlar huquqlarini himoya qiluvchi guruhlarning taʼkidlashicha, hatto bemorning oʻzi soʻramagan boʻlsa ham, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish taklif qilingan holatlar kuzatilgan.
Kanada aslida 2023 yilda tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish qonunlarini yagona tashxisi ruhiy kasallik boʻlgan shaxslarga nisbatan ham kengaytirishi kerak edi, biroq bu tizim qanday amalga oshirilishini oʻrganish uchun koʻproq vaqt ajratish maqsadida oʻzgartirishni ikki marta orqaga surdi.
Hisobotda aytilishicha, Kanada ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni tibbiy yordam ostida hayotdan koʻz yumish dasturidan "nomuayyan muddatga chiqarib tashlashi" kerak

