Kallas Lavrovni G20 uçraşuvida yolğon gapirişda aybladi
Yevropa Ittifoqining boş diplomati Kaya Kallas Rossiya Ukraina böyiça tinçlik muzokaralariga tayyorligini amalda körsatmayotganini bildirdi. U Sergey Lavrovni yolğon maʼlumotlar keltirişda ayblab, Moskvaga bosimni kuçaytirişga çaqirdi.

Kallas Lavrovni G20 uchrashuvida yolg‘on gapirishda aybladi
Kallas bu haqda 30-oktabr kuni AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida AFP agentligiga bergan izohida aytgan.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri uchrashuvda ko‘plab yolg‘on va buzib talqin qilingan ma’lumotlarni keltirgan. Yevropalik ishtirokchilar esa ularni rad etishga muvaffaq bo‘lgan.
AFP jurnalisti Lavrov urushni tugatish uchun yon berishga tayyorlik bildirgan-bildirmaganini so‘raganida, Kallas rad javobini bergan. U Rossiyaning amaliy harakatlari muzokaralarga tayyorlik haqidagi gaplarga mos kelmayotganini ta’kidlagan.
Kallas Moskvani tinchlik muzokaralariga tayyorligini amalda isbotlashga chaqirgan. Shuningdek, u iyul, avgust va sentabrni Ukrainada tinch aholi uchun eng halokatli oylar deb atagan.
DW xabariga ko‘ra, avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful yevropalik ishtirokchilar Ukrainadagi urush tufayli Lavrov bilan an’anaviy umumiy suratga tushishdan bosh tortganini ma’lum qilgan.
Vadeful Rossiya bilan kelishmovchiliklarni muhokama qilish uchun muloqot zarurligini tan olgan. Biroq, uning ta’kidlashicha, bunday aloqalar munosabatlar odatiy holatga qaytgandek taassurot uyg‘otmasligi kerak.

