Mahalliy

Jizzaxdagi shov-shuvli ish: aslida nimalar boʻlgan?

Sharof Rashidov tumanida yashovchi kelinchak suv bilan kuydirilgani, suvaraklarga qarshi ishlatiladigan dorini ichishga majburlangani va yolgʻiz, xonada qamab qoʻyilganini aytmoqda. Uning tanasida 6-8 foiz maydonni qamrab olgan 2-3A darajali kuyishlar borligi maʼlum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ikkinchi tomon ayblovlarni rad etib, hodisa oilaviy maishiy janjal ekanini aytmoqda.

Jizzaxdagi shov-shuvli ish: aslida nima yuz bergan?

Sharof Rashidov tumanida yashovchi kelinchak suv bilan kuydirilgani, suvaraklarga qarshi ishlatiladigan dorini ichishga majburlangani va yolgʻiz xonaga qamab qoʻyilgani haqida gapirmoqda. Uning tanasida 6-8 foiz maydonni qamrab olgan 2-3A darajali kuyishlar borligi bildirilgan. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Ikkinchi tomon esa ayblovlarni inkor etib, voqeani oilaviy-maishiy janjal deb atamoqda.

Kun.uz muxbiri voqea ishtirokchilari bilan suhbatlashib, oilada aslida nimalar bo‘lganini aniqlashga urindi.

Hozir ayol shifoxonada davolanmoqda. Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, unda tana yuzasining 6-8 foizini qamrab olgan 2-3A darajali kuyishlar aniqlangan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, voqea joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar olingan.

8-sentabr kuni Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mehribonning aytishicha, u turmush o‘rtog‘i bilan bir yildan beri birga yashab kelgan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor. Ammo erkak nikohi va farzandi haqida yaqinlariga avval aytmagan.

Mehribonning so‘zlariga ko‘ra, eri 2026-yil 21-may kuni qamoqqa tushganidan keyin oilasiga xotini va farzandi borligini bildirgan hamda yaqinlaridan Mehribonga qarab turishlarini so‘ragan.

“Kelinimiz bilan o‘rtamizda muammo bo‘lmagan...”

Erkakning opasi Zarnigor Yo‘ldosheva Mehribon va uning qizini olib, ular bilan alohida kvartirada yashay boshlagan.

Mehribon qaynonasi uning hujjatlarini ko‘rsatib, kreditga bir qancha qimmatbaho taqinchoqlar, mahsulotlar olganini aytmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mehribon va farzandini iyun oyida uyiga olib kelgan. Birga yashagan davrda ularning o‘rtalarida jiddiy kelishmovchilik bo‘lmagan.

«Biz yaxshi yashaganmiz. Urush, janjal, hech narsa bo‘lmagan», - dedi Zarnigor.

Zarnigorning aytishicha, Mehribon bilan uning turmush qurmagan singlisi Ruxshona o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.