Mahalliy

Jizzaxda zargarlik do‘konini o‘marishga uringan 21 yoshli yigit ushlandi

Jizzaxda zargarlik do‘konini o‘marishga uringan 21 yoshli yigit ushlandi

Jizzax shahrida zargarlik buyumlari savdo do‘koniga o‘g‘rilik qilish maqsadida kirishga tayyorgarlik ko‘rgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi. U avval ham o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan bo‘lib, hozirda probatsiya guruhi nazoratida jazo o‘tayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Jizzax shahri Madaniyat mahallasida yuz bergan. Tungi xizmatni olib borayotgan viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari qora niqob va qora kepka kiygan, qo‘lini himoyalovchi buyum hamda yelkasida qora sumkasi bo‘lgan shubhali shaxsga e’tibor qaratgan.

Xodimlar vaziyatni baholab, qo‘shimcha kuch chaqirgan va mahallaning boshqa hududlarida navbatchilik qilayotgan xodimlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yashirinishga uringan shaxs ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan yigit zargarlik buyumlari savdo do‘koniga o‘g‘rilik maqsadida kirish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rgan. Undan oyna kesish, qulflarni buzish va boshqa harakatlarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan maxsus moslamalar hamda do‘kondan olingan buyumlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Tekshiruv davomida uning muqaddam o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani aniqlangan. Ushbu qilmishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan va hozirda ichki ishlar organlarining probatsiya guruhi nazoratida jazo o‘tayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda protsessual harakatlar olib borilmoqda. Uning harakatlariga huquqiy baho berish va boshqa ehtimoliy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.