Jizzaxda yoʻlovchi avtobus yuk mashinasi bilan toʻqnashdi
YTH 11-sentabr kuni ertalab Sharof Rashidov tumani hududida sodir boʻlgan. Toshkent-Samarqand yoʻnalishidagi avtobus yoʻlning belgilangan joyidan qayrilib harakatlanayotgan vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Jizzaxda yoʻlovchi avtobus yuk mashinasi bilan toʻqnashdi
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.
Maʼlum qilinishicha, YTH 11-sentabr kuni ertalab M-39 avtomobil yoʻlining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan. Buxoro viloyatida yashovchi 44 yoshli haydovchi Yutong avtobusini Toshkent-Samarqand yoʻnalishida boshqarib borayotib, yoʻlning belgilangan joyidan qayrilib harakatlanayotgan paytda qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashgan. Yuk mashinasi Qashqadaryo viloyatida yashovchi 43 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan.
YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq. Avtobusdagi ayrim yoʻlovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

