Mahalliy

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilishda gumonlanuvchi oʻlik holda topildi. Video

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilishda gumonlanuvchi oʻlik holda topildi. Video

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan taxminan ikki oy davomida muntazam ravishda jinsiy zoʻravonlik qilib kelingani aniqlandi.

Gumonlanuvchi — muqaddam oʻgʻrilik uchun sudlangan 53 yoshli erkak — prokuraturaga chaqirilganidan keyin qochib ketgan va qidiruvga berilgan, ertasi kuni esa uning jasadi topilgan.

Jizzax viloyati IIB maʼlumotlariga koʻra, erkak oʻzining turmush oʻrtogʻiga yaqin qarindosh boʻlgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u bir necha bor gʻayriqonuniy harakatlarni amalga oshirgan va agar bu haqda kimgadir aytsa, bolani oʻldirish bilan tahdid qilgan.

53 yoshli erkakka nisbatan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy shaklda qondirish moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jizzax shahar prokuraturasiga chaqirilganidan soʻng, erkak jinoiy javobgarlikdan qoʻrqib, qochib ketgan. 3 oktyabr kuni unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Ertasi kuni, 4 oktyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan qurilishi tugallanmagan binoda oʻlik holda topilgan.

Hozirda Jizzax shahar prokuraturasi va ichki ishlar organlari tomonidan jinsiy zoʻravonlik ishi boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Gumonlanuvchining oʻlimi holati boʻyicha ham alohida tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Jabrlangan bolaga zarur psixologik va huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

Yaqinda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat bogʻchalaridan birida besh yoshli bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilingani haqidagi xabar jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng qonunchilikka bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.