«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng ogʻir jazoga tortiladi» - Saida Mirziyoyeva Namanganda voqea haqida
Prezident administratsiyasi rahbari amaldagi qonunchilikda oliy jazo koʻzda tutilmagani tufayli javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha taklif tayyorlanayotganini bildirgan.

«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng ogʻir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva Namangandagi voqea haqida
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zoʻrlangani bilan bogʻliq holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Sodir boʻlgan voqeani eshitib, gʻazabim ichimga sigʻmay ketdi.
Menimcha, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun oʻlim jazosini qoʻllash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo nazarda tutilmagan, shu sababli javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.
Tegishli idoralarga barcha zarur koʻrsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng ogʻir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yoʻl ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha masʼullar ham jazolanadi.

