Mahalliy

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSHga safari chog‘ida Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qaysi bosqichda ekani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.

“Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston 2026-yil dekabrgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston investitsiya darajasidagi kredit reytingini olib, JSTga a’zo bo‘lishni yakunlamoqchi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.