Layfstayl

Jigar va grechkasiz ham ferritin miqdorini oshirishga yordam beradigan 5 ta shirinlik

Kechqurun choy bilan ikki-uch bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish stressni kamaytirishga va temir zaxirasini to‘ldirishga yordam berishi mumkin.

**Jigar va grechkasiz ham ferritin miqdorini oshirishga yordam beradigan 5 ta shirinlik**

Ferritin miqdorining pastligi hozirda ko‘plab ayollarda uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki umumiy salomatlik va kayfiyatga ham ta’sir qiladi.

Ferritin miqdorini ko‘tarish va uni me’yorda ushlab turish uchun faqat dori vositalari yoki tomir orqali yuboriladigan preparatlarga tayanish shart emas. Kundalik ovqatlanishga temirga boy ayrim mahsulotlarni qo‘shish ham foyda berishi mumkin.

Odatda shifokorlar grechka va jigar iste’mol qilishni tavsiya etadi. Shirinliklar esa ko‘pincha temirning dushmani sifatida qaraladi. Biroq temir zaxirasini to‘ldirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan shirin mahsulotlar ham mavjud.

**Taxini pastasi bilan xurmo**

Xurmo tarkibida gemli temir va tabiiy glyukoza bor. U organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Kunjutdan tayyorlanadigan taxini pastasi esa kalsiy va misga boy. Mis temir almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Mualliflarning tavsiyasiga ko‘ra, kuniga ikki dona xurmoni bir qoshiq taxini bilan iste’mol qilish mumkin.

**Kakao miqdori 85 foiz bo‘lgan shokolad**

Temirning organizmga yomon so‘rilishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri stress hisoblanadi. Kakao tarkibida esa temir va magniy mavjud. Shokoladdagi kakao miqdori qancha yuqori bo‘lsa, unda temir shuncha ko‘p, shakar esa kamroq bo‘ladi. Kechqurun choy bilan ikki-uch bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish stressni kamaytirishga va temir zaxirasini to‘ldirishga yordam berishi mumkin.

**Shakarsiz olma qoqisi**

Olma tarkibidagi C vitamini boshqa mahsulotlardan temirning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Shakarsiz tayyorlangan tabiiy olma qoqisi tushlik yoki kechki ovqatda iste’mol qilingan temirning organizmga yaxshiroq singishiga yordam berishi mumkin. Uni bir hovuch yong‘oq bilan iste’mol qilish ham mumkin.

**Kunjut holvasi**

Kunjut temir va misga boy o‘simlik mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli tarkibi sifatli va ortiqcha qo‘shimchalarsiz tayyorlangan kunjut holvasi ushbu foydali moddalarning manbai bo‘lishi mumkin. Maqolada ta’kidlanishicha, holvaning kichik bir bo‘lagi ham organizmning misga bo‘lgan kunlik ehtiyojini qondirishga yordam beradi.

**Zanjabil qoqisi**

Zanjabil organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga yordam berishi mumkin. U qondagi ferritin miqdori yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladigan yallig‘lanish jarayonlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, zanjabil boshqa mahsulotlar tarkibidagi temirning o‘zlashtirilishiga yordam berishi aytiladi. Shu bois uning qand qo‘shib tayyorlangan qoqisini oz miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.