Boshqa

Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

Aksariyat kishilar “Senimi, shoshmay tur!” multfilmini sovet davri manzaralari fonida bo‘ri bilan quyonning quvlashmachoq o‘yinidan iborat, yoqimli animatsion film deb biladi. Ammo unga boshqacha nazar bilan qarash mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan bir nazariyaga ko‘ra, “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining olamida odamlar mavjud emas. Shaharlar, ko‘chalar, kafelar, plyajlar – barchasi aqlli, antropomorfik hayvonlar bilan gavjum. Biroq arxitektura, transport vositalari, texnika – barchasi aniq inson o‘lchamlariga mos keladi. Ammo eng dahshatli jihat bu emas.

Serialning bir qismida qahramonlar muzeyga tushib qolganida, jangchilarning manekenlari inson qiyofasida yasalganini ko‘ramiz. Demak, bu olamda odamlar mavjud bo‘lgan... ammo keyinchalik yo‘qolib ketgan.

Nazariyaga ko‘ra, buning yagona izohi shuki, odamlar biologik qurol ta’sirida butunlay qirilib ketgan. Vayron bo‘lgan binolar, yonib kul bo‘lgan ko‘chalar yoki yadro urushining izlari ko‘rinmaydi – hamma narsa butun, go‘yo sivilizatsiya bir zumda g‘oyib bo‘lib, shaharlar bo‘m-bo‘sh qolgandek. Aqlli hayvonlar esa ularning o‘rnini egallab, insonlarning turmush tarzi, kiyim-kechaklari va transport vositalarini o‘zlashtirib olgan va xuddi shunday bo‘lishi kerakdek hayot kechirishmoqda.

Shu nuqtai nazardan, mazkur multfilm beg‘ubor bolalar hikoyasi emas, balki sayyoraviy fojia yakuni haqidagi multfilmdir. Qahramonlar bir-birlarini quvlashadi, kulishadi, sohilda dam olishadi, ammo ularning oyoqlari ostidagi yer o‘zlaridan oldin yashab, bir lahzada halok bo‘lganlarning kuli bilan to‘yingan. Ular o‘tmishdagi fojia izlarini bosib yurganlarini bilmay, bir-birini quvlashda davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.