Mahalliy

Jarqoʻrgʻonda 5-sinf oʻquvchisi qoʻshnisining «Spark»ini haydab, videosini tarmoqqa joyladi

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida beshinchi sinf oʻquvchisi qoʻshnisiga tegishli «Spark» avtomobilini boshqargan. U bu jarayonni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylaganidan soʻng holat keng muhokamaga sabab boʻlgan.

Jarqoʻrgʻonda 5-sinf oʻquvchisi qoʻshnisining «Spark» avtomobilini haydab, uning videosini tarmoqqa joylagan.

Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, avtomobilni tumandagi 19-maktab oʻquvchisi boshqargan.

YHXB mutaxassislari voyaga yetmagan bola hamda uning onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazgan.

Rasmiy xabarda holat yuzasidan qonuniy chora koʻrilgani aytilgan, biroq aynan qanday chora qoʻllangani ochiqlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.