Dunyo

Istanbulda kuchli suv toshqinlari: O‘zbekiston konsulxonasi ogohlantirish e’lon qildi

Kuchli yomg‘ir, shamol va noqulay ob-havo toshqin, yo‘llarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini

Istanbulda kuchli suv toshqinlari: O‘zbekiston konsulxonasi ogohlantirish berdi

Istanbul, Yalova va Kojayeli viloyatlarida yashayotgan hamda vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonlik fuqarolar ob-havo keskin yomonlashgani sababli hushyor bo‘lishga chaqirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Kuchli yomg‘ir, shamol va noqulay ob-havo sharoitlari suv toshqinlari, yo‘llarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sabab vatandoshlarimizdan quyidagi ehtiyot choralariga amal qilish so‘raladi:

- Zarurat bo‘lmasa, uzoq masofalarga safarga chiqmaslik;

- Kuchli yog‘ingarchilik paytida suv to‘planishi mumkin bo‘lgan pastqam joylar, yerosti yo‘llari va tunnellardan uzoq turish;

- Dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalar yonida ehtiyotkorlikni kuchaytirish;

- Avtomobil boshqarishda tezlikni pasaytirish va xavfsiz masofani saqlash;

- Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan e’lon qilinayotgan rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga qat’iy rioya qilish.

15-oktyabrga o‘tar kechasi Istanbulda kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida yer osti yo‘laklari hamda turar-joy binolarini suv bosdi. Xavfli vaziyat sabab Istanbuldagi barcha ta’lim muassasalarida darslar bekor qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.