Mahalliy

Issiq kunlar va salqin kechalar. Sinoptiklar Oʻzbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi

Issiq kunlar va salqin kechalar. Sinoptiklar Oʻzbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida maʼlum qildi

19 oktyabrdan 23 oktyabrgacha Oʻzbekistonda ochiq va yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Hafta boshida nisbatan issiq boʻladi, biroq dam olish kunlariga kelib sezilarli darajada sovishi kutilmoqda.

Haftaning dastlabki kunlarida respublika boʻyicha kunduzi 20–25 daraja issiq, kechasi — 5–10 daraja boʻlishi kutilmoqda. Hafta oxiriga kelib kunduzgi harorat 17–22 darajagacha pasayadi, kechasi esa 3–8 daraja issiqni tashkil etadi.

Shamol sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.

19 va 20 oktyabr kunlari havo 23–25 darajagacha isiydi. 21 va 22 oktyabrda salqinroq boʻladi — kunduzi 20–22 daraja issiq boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Kechasi harorat ham pasayib boradi. Agar 20 oktyabrga oʻtar kechasi harorat 10–12 daraja issiqni tashkil etsa, 22 oktyabrga kelib u 6–8 darajagacha tushadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.