Sinoptiklar 9 oktyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻlishini maʼlum qilishdi
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 9 oktyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kutilmoqda. Kunduzi havo 32 darajagacha isiydi. Toshkentda kechasi 12–14 daraja, kunduzi 25–27 daraja boʻladi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 darajani tashkil etadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja boʻlishi kutilmoqda. […]

Sinoptiklar Oʻzbekistonda 9 oktyabr kuni qanday ob-havo kutilishini maʼlum qildi
Oʻzgidromet xabariga koʻra, 9 oktyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi.
Toshkentda kechasi 12–14 daraja, kunduzi 25–27 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 darajani tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja issiq boʻlishi prognoz qilinmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 22–27 daraja boʻladi.
Eng iliq ob-havo mamlakat janubida kutilmoqda. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 12–17 daraja, kunduzi 32 darajagacha issiq boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu yerda kechasi harorat 10–15 daraja, kunduzi 22–27 darajani tashkil etadi. Togʻli hududlarda ham baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, kechasi 5–10 daraja, kunduzi 13–18 daraja boʻladi.
Ayrim hududlarda yogʻingarchiliklar keyingi kunlarda ham saqlanib qoladi. 11–12 oktyabr kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Oʻzgidromet Andijon viloyatining ayrim tumanlarida bu sel kelishiga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

