Isroilda saylov boşlandi: Netanyahu boş vazirlikni saqlab qola oladimi?
Isroilda 27-oktabr kuni parlament saylovida ovoz beriş boşlandi. Sörovlarga köra, asosiy kuraş Binyamin Netanyahuning «Likud» partiyasi va armiya boş ştabining sobiq rahbari Gadi Ayzenkot boşçiligidagi «Yaşar» partiyasi örtasida keçişi kutilmoqda.

Isroilda saylov boshlandi: Netanyahu bosh vazirlikni saqlab qola oladimi?
Meduza xabariga ko‘ra, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da ochilgan. Bu HAMASning 2023-yil 7-oktabrdagi hujumi hamda 2026-yil fevralida AQSh va Isroilning Eron bilan urushi boshlanganidan keyingi ilk Knesset saylovidir.
Ovoz berishdan bir necha kun avval o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovlarida «Likud» va «Yashar» asosiy raqobatchilar sifatida ko‘rsatilgan.
Hukumatni mustaqil shakllantirish uchun partiya 120 o‘rinli parlamentda kamida 61 ta mandatga ega bo‘lishi kerak. Biroq so‘rovlarga ko‘ra, bu ikki partiyaning hech biri bunday natijaga erisha olmaydi. Shu sababli koalitsion hukumat tuzilishi kutilmoqda.
«Likud» koalitsiyani boshqara olishi va Netanyahu bosh vazirlik lavozimini saqlab qolishi saylov natijalari hamda undan keyingi muzokaralarga bog‘liq bo‘ladi.
Saylovda jami 36 partiya ishtirok etmoqda. Knessetga kirish uchun ular kamida 3,25 foiz ovoz to‘plashi zarur. So‘rovlar bu to‘siqdan 11–13 ta partiya o‘tishi mumkinligini ko‘rsatgan.

