Dunyo

Ishlaymiz, birodarlar

Rossiya Xavfsizlik kengashi: Sintetik giyohvandlik moddalari muammosi boʻyicha Afgʻoniston bilan yaqindan ishlamoqdamiz

Ishlayapmiz, birodarlar

Moskva va Qobul butun dunyo uchun tahdidga aylangan sintetik giyohvandlik moddalari muammosi bilan birgalikda shugʻullanmoqda. Bu haqda RF Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Aleksandr Venediktov maʼlum qildi.

«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari yaqin aloqada boʻlib turibdi. Xalqaro xavfsizlik uchun ortib borayotgan tahdidga aylanayotgan sintetik giyohvandlik moddalari muammosi boʻyicha afgʻonlar bilan yaqindan ishlayapmiz», — dedi u jurnalistlarga.

Venediktovning soʻzlariga koʻra, «hozirgi Afgʻoniston hukumati bilan aloqalar turli yoʻnalishlarda olib borilmoqda, shu jumladan tashqi siyosat idoralari, ikki mamlakat hukumatlari va biznes doiralari yoʻnalishida rivojlanmoqda». U oʻtgan haftada Afgʻoniston boʻyicha konsultatsiyalarning Moskva formatidagi majlisi, shuningdek, Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Rossiya poytaxtida oʻtkazgan uchrashuvlarni eslatib oʻtdi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, shuningdek, «savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruh shakllantirilgani, shartnomaviy-huquqiy baza mustahkamlanayotganini» taʼkidladi. Venediktov «Qobul bilan iqtisodiy hamkorlik mintaqada transport va energetika loyihalarini amalga oshirish kontekstida ham muhim» ekanini qoʻshimcha qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.