Ipoteka bank ipotekani rasmiylashtirishda o‘zini o‘zi band qilganlik daromadini ham hisobga ola boshladi
Endi ipoteka olishda rasmiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda o‘zini o‘zi band qilganlik daromadi ham hisobga olinadi. Bunday imkoniyatni Ipoteka bank OTP Group amaliyotga joriy etdi.

Ipoteka bank ipoteka rasmiylashtirishda o‘zini o‘zi band qilganlikdan olinadigan daromadni ham inobatga ola boshladi
Ipoteka bank OTP Group ipoteka krediti rasmiylashtirish jarayonida o‘zini o‘zi band qilganlikdan olinadigan daromadni rasmiy ish haqi bilan birga hisobga olishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu yangi imkoniyat rasmiy ish joyiga ega bo‘lib, shu bilan birga o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat yuritayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Endilikda ipoteka rasmiylashtirishda daromadning ikkala manbasi ham hisobga olinadi. Bu mijozlarga o‘z moliyaviy imkoniyatlarini yanada to‘liqroq ko‘rsatish va ipoteka olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.
O‘zini o‘zi band qilganlikdan olinadigan daromadni tasdiqlash uchun amaldagi guvohnoma bo‘lishi kifoya.
“Ko‘plab mijozlar rasmiy ish haqi bilan birga qo‘shimcha daromad ham oladilar. Yangi yondashuv daromadning har ikki manbasini hisobga olish va mijozning moliyaviy salohiyatini yanada aniqroq baholash imkonini beradi”, — dedi Ipoteka bank OTP Group ipoteka mahsulotlari direksiyasi direktori Artyom Sarkisyan.
Ipoteka krediti ajratish hamda kredit miqdori bo‘yicha qaror har bir mijozning daromadi va to‘lovga qobiliyatidan kelib chiqib, individual tarzda qabul qilinadi.

