Layfstayl

“Interstellar” emas: Metyu Makkonahi qaysi film unga katta daromad keltirganini aytdi

"Interstellar" emas: Metyu Makkonahi qaysi film unga eng ko'p daromad keltirganini oshkor qildi

Gollivud yulduzi Metyu Makkonahi "Happy Sad Confused" podkastida ma'lum qilishicha, unga eng katta gonorar 2003-yilda chiqqan "Garovdagi muhabbat" romantik komediyasi uchun to'langan. Aktyorning ta'kidlashicha, ushbu film unga hozirgacha ham pul keltirib kelayotgan daromad manbai bo'lib qolmoqda.

"Garovdagi muhabbat" — men ishtirok etgan romantik komediyalar orasida eng sevimlisidir. Uni juda ko'pchilik yaxshi ko'radi. Film menga hanuzgacha boshqa barcha filmlarimga qaraganda eng katta gonorar olib keladi. Farq juda katta", — deydi aktyor.

Aktyorning so'zlariga ko'ra, DVD davrida va filmlar kabel televideniyesida namoyish etilgan paytlarda bu to'lovlar ayniqsa katta bo'lgan. Har yili mart oyida filmga bo'lgan qiziqish ortishi sababli u mo'maygina pul olgan.

"Garovdagi muhabbat" filmida Makkonahi muvaffaqiyatli reklama mutaxassisi rolini ijro etgan. U istalgan ayolni 10 kun ichida o'ziga oshiq qila olishiga garov o'ynaydi va buning uchun jurnalist qizni tanlaydi. Ammo u qizning ham o'ziga xos vazifasi borligini bilmaydi — u ham erkakni 10 kun ichida o'zidan voz kechishga majbur qilishi kerak.

Film rejissyori Donald Petri bo'lgan. Makkonahining partnyorini Keyt Hadson ijro etgan. Film aktyor romantik komediyalarda faol suratga tushgan davrda ekranlarga chiqqan. Uning shu janrdagi boshqa filmlari qatoriga "To'y tashvishlari", "Muhabbat va ko'ngilsizliklar" hamda "Ahmoqlar oltini" kiradi.

Aktyor, shuningdek, "Bizning so'nggimiz" serialida Joel rolini ijro etish taklifini jiddiy ko'rib chiqqanini ham aytdi. Biroq oxir-oqibat bu taklifni rad etgan. Uning so'zlariga ko'ra, ssenariy juda yaxshi bo'lgan, ammo o'sha paytda u yozuvchilik va prodyuserlik faoliyatiga e'tibor qaratmoqchi bo'lgan va serialga bir necha yil vaqt ajratishni istamagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.