Layfstayl

Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar

**Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan bolalar aktyorlar**

Rivojlangan mamlakatlarda yosh bolalar ham kino loyihalarida debyut qilib, mashhurlikka erishish imkoniyatiga ega. Ba'zi aktyorlar esa juda yoshligidan shou-biznes olamiga kirib kelib, voyaga yetmasdan turib katta daromad topishga muvaffaq bo‘lishgan.

**Milli Bobbi Braun – har bir epizod uchun 350 ming dollar**

"Ajabtovur ishlar" seriali orqali 11 yoshli aktrisa Milli Bobbi Braun katta boylikka ega bo‘ldi. Serialning dastlabki qismlarida u har bir epizod uchun 100 ming dollardan 250 ming dollargacha ishlab topgan bo‘lsa, 4-mavsumda bu miqdor 300 ming dollardan 350 ming dollargacha ko‘tarildi. Biznes insayderlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Milli Netflix bilan shartnoma tuzganligi sababli maoshini qayta muhokama qila olmagan.

Fin Volfhard, Noa Shnapp, Kaleb Maklaflin, Gaten Matarazzo va Sedi Sink kabi aktyorlar ham ushbu serialdagi rollari orqali 7 million dollardan ortiq daromad qilishgan.

**Selena Gomes — har bir epizod uchun 30 ming dollar**

Qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes 2007—2012-yillar oralig‘ida suratga olingan "Veyverli Pleys sehrgarlari" filmidagi har bir epizod uchun 25 ming dollardan 30 ming dollargacha maosh olgan. Bu o‘sha vaqtda aktrisaning birinchi ishi uchun yomon mablag‘ hisoblanmagan.

**"Zamonaviy oila" filmidagi bolalar — har bir epizod uchun 125 000 dollar**

Sara Haylend, Ariel Vinter, Nolan Guld va Riko Rodrigeslarga "Zamonaviy oila" filmidagi har bir roli uchun dastlab 70 000 dollardan maosh berilgan. Yettinchi mavsumga kelib esa ularning maoshi 125 000 dollarga yetgan. Film 2009-yildan 2020-yilgacha suratga olingan.

**Opa-singil Olsenlar — har bir epizod uchun 80 ming dollar**

Olsenlar 15 oyligidan boshlab filmlarda suratga tushishgan. Dastlab ularga har bir epizod uchun 2 400 dollar to‘langan bo‘lsa, keyinchalik ularning maoshi 80 ming dollarga ko‘tarilgan.

**Franki Muniz — 150 000 dollar**

Franki "Diqqat markazidagi Malkolm" filmidagi har bir epizodi uchun 30 ming dollardan ishlab topgan. Serialdagi muvaffaqiyati oxirgi mavsumida eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, aktyorga so‘nggi mavsumdagi roli uchun 150 ming dollar to‘langan.

**Angus Ti Jons — 350 000 dollar**

Angus Ti Jonsga "Ikki yarim erkak" filmidagi roli uchun 350 ming dollar to‘langan. Film 2003-yildan 2013-yilgacha davom etganini hisobga olsak, Jons ham, u bilan birga rol ijro etgan Jeyk Harper ham ancha boylik orttirganini taxmin qilish mumkin.

**Viktoriya Jastis — 50 ming dollar**

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Viktoriya Jastis ko‘plab filmlarda rol ijro etgan. Ulardan biri "Zoui 101" komediyasidir. Aktrisa ushbu film orqali 50 000 dollar, "G‘olib Viktoriya" loyihasidan esa 12 000 dan 180 000 dollargacha maosh olgan. Film 2005—2008-yillar davomida suratga olingan bo‘lib, aktrisa talaba qiz rolini ijro etgan.

**Miranda Kosgrouv — 180 ming dollar**

Miranda Kosgrouv amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi, bastakor va faol xayriyachidir. U aktrisalik faoliyatini 3 yoshida televideniye reklamalarida rol o‘ynashdan boshlagan. "Aykarli" filmi orqali aktrisa har bir epizod uchun 180 ming dollar olgan. Umumiy maoshi esa 18 million dollarni tashkil etgan. Miranda 2012-yilda Ginnes rekordlari kitobiga eng ko‘p maosh oluvchi qiz sifatida kiritilgan.

**Teylor Jeyms Uilyams — 250 ming dollar**

Teylor Jeyms "Barcha Krisdan nafratlanadi" filmi orqali ancha boylikka ega bo‘lgan. Film 2005—2009-yillar oralig‘ida suratga olingan bo‘lib, aktyorga 250 ming dollar foyda keltirgan. Filmning birinchi mavsumi vaqtida aktyor endigina 12 yoshda edi.

**Gari Koulman — 70 ming dollar**

"Turli zarbalar" filmi orqali Gari dastlab 1 500 dollar maosh olgan. Filmning mashhur bo‘lishi ortidan esa 70 000 dollar ishlab olgan. Hozirda bu mablag‘ 200 000 dollarga teng. Filmda u Arnold Jekson rolini o‘ynagan bo‘lib, film unga katta muvaffaqiyat olib kelgan.