Internetga faqat pasport orqali kirish: IIda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirish tayyorlanmoqda
Yevrokomissiya ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini tekshirish boʻyicha umumevropa qoidalarini joriy etishni taklif qildi. Ushbu tashabbus Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen tomonidan 17 sentyabr kuni taqdim etilgan EU KIDS Act loyihasidan oʻrin oldi. Taklifga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar va videoplatformalar yangi akkauntlar yaratilayotganda foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi kerak boʻladi. Buning uchun sertifikatlangan vositalardan, jumladan, Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan yoshni tasdiqlash ilovasidan foydalanish mumkin boʻladi. […]

Internetga faqat pasport orqali kirish: IIda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirish tayyorlanmoqda
Yevrokomissiya butun II uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirishning yagona qoidalarini joriy etishni taklif qildi. Ushbu tashabbus 17 sentyabr kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen tomonidan taqdim etilgan EU KIDS Act loyihasiga kiritilgan.
Taklifga koʻra, yangi akkauntlar yaratilayotganda ijtimoiy tarmoqlar va videoplatformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi kerak boʻladi. Buning uchun sertifikatlangan vositalardan, jumladan, Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan yoshni tasdiqlash ilovasidan foydalanishga ruxsat beriladi. Ushbu ilova platformaga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni, aniq yoshni yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni uzatmasdan turib, yosh chegarasiga muvofiqlikni tasdiqlash imkonini beradi.
Loyiha bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini bosqichma-bosqich cheklashni nazarda tutadi. 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar bunday platformalardan mustaqil foydalana olmaydilar, 13 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun esa ota-onalar nazorati ostidagi, funktsiyalari cheklangan va kuniga bir soatgacha foydalanish vaqti belgilangan akkauntlardan foydalanish taklif etilmoqda. 15 yoshdan boshlab oʻsmirlar mustaqil ravishda akkaunt ochishlari mumkin boʻladi.
18 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun platformalar «sukut boʻyicha xavfsizlik» tamoyili asosida kuchaytirilgan himoyani taʼminlashi kerak boʻladi. Xususan, xizmatlardan haddan tashqari koʻp foydalanishga yordam beruvchi funktsiyalarni, jumladan, cheksiz varaqlash (beskonechnaya prokrutka) va ayrim bildirishnomalarni cheklash, shuningdek, notanish foydalanuvchilar tomonidan istalmagan muloqotlarni taqiqlash taklif etilmoqda.
Yevrokomissiya taklifi hali IIga aʼzo davlatlar va Yevropa parlamenti bilan kelishilishi kerak, shu sababli uning qoidalari yakuniy qonunchilik qabul qilingunga qadar oʻzgarishi mumkin.

