Immunitetni mustahkamlaydi: kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan 15 xil mahsulot

**Immunitetni kuchaytiradi: kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan 15 ta mahsulot**
Kuz — shamollash va gripp avj oladigan davr. Bu paytda burun bitishi, yo‘tal va boshqa alomatlar paydo bo‘lishi mumkin. Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzalroq, buning uchun esa ratsioningizga hamyonbop mahsulotlarni qo‘shish kerak. Immunitet tizimini mustahkamlaydigan va viruslarga qarshi kurashishga yordam beradigan mahsulotlar bor. Sovuq havoda kasal bo‘lmaslik va tezroq sog‘ayish uchun ularni iste’mol qilish lozim.
**Sitrus mevalar**
Sitrus mevalardagi C vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Shu sababli ratsioningizga apelsin, mandarin, limon va greypfrutlarni kiriting. Ammo C vitamini kivi, bulg‘or qalampiri, brokkoli, qovoq va pomidorda ham mavjud.
**Sarimsoq va piyoz**
Sovuq mavsumda ovqatlaringizga sarimsoq va piyoz qo‘shib iste’mol qiling. Ularda antibakterial, antifungal, antiviral, antiparazitik va antioksidant xususiyatlarga ega allitsin bor. Bundan tashqari, sarimsoq va piyoz C vitaminining yaxshi manbayi bo‘lib, ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
**Chili qalampiri**
Kayen yoki chili qalampirida kapsaitsin moddasi mavjud bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Ushbu mahsulotni iste’mol qilish yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
**Lavlagi**
Lavlagi tarkibida betalain antioksidantlari bor, ular infeksiyadan kelib chiqqan yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
**Pomidor**
Pomidor antioksidant likopenga boy. Uni bir necha hafta davomida iste’mol qilish organizmda infeksiya paytida yuzaga keladigan oksidlovchi stress darajasini pasaytiradi.
**Ko‘katlar**
Ko‘katlar — kuchli antioksidant bo‘lgan E vitamini manbayi. Ayrim tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ratsionni kuniga 200 ME (milli ekvivalent) E vitamini bilan boyitish nafas olish yo‘llari infeksiyalarining tez-tezligi va og‘irligini kamaytirishi mumkin.
**Qo‘ziqorin**
Qo‘ziqorinlarning an’anaviy Xitoy tabobatida qo‘llanishi bejiz emas, chunki bu mahsulot ham antiviral xususiyatlarga ega. Qo‘ziqorinlar organizmga infeksiyalarga qarshi turishga yordam beradigan D vitamini va immunitetni yaxshilaydigan polisaxaridlarga boy.
**Grechka**
Grechkani ovqatlanish ratsioniga kiritish kerak, chunki u antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga, jumladan, immunitet tizimi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydigan ruxga boy.
**Asal**
Asal sovuq mavsumda haqiqiy najot hisoblanadi. U tomoq og‘rig‘i uchun eng yaxshi vositalardan biridir. Uning tabiiy antioksidantlari va antimikrobial xususiyatlari viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar keltirib chiqaradigan infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi.
Bundan tashqari, asal yo‘tal chastotasini kamaytirishi va nafas olish yo‘llari faoliyatini yaxshilashi mumkin. Asal uyqu sifatini yaxshilashi mumkin, shuningdek, bu mahsulot immunitetni ko‘tarish uchun juda muhim. Asal kasal bo‘lgan insonlar uchun ham foydali.
**Yog‘li baliq**
D vitamini kuchli immunitetni saqlashga yordam beradi, losos kabi yog‘li baliqlar esa organizmga quyosh nuri yetarli bo‘lmaganda uni sintez qilish uchun qondagi optimal darajani saqlab qolishga yordam beradigan vitaminni yetarli darajada o‘z ichiga oladi. Biroq bu hammasi emas: D vitamini zaxiralari saratonning ayrim turlariga qarshi kurashish, suyaklarni mustahkamlash va hatto vazn yo‘qotishga yordam beradi.
**Achchiq shokolad**
Shirinliklar ham foydali bo‘lishi mumkin. To‘q rangli shokoladda teobromin mavjud bo‘lib, u shamollashdan kelib chiqadigan yallig‘lanishni kamaytiradi. Me’yorida shokolad iste’mol qilish ham ayrim kasalliklarning oldini oladi.
**Kurkuma**
Bu ro‘yxatga ziravorlarni ham qo‘shish kerak. Kurkuma tarkibida yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan kurkumin birikmasi bor.
**Ko‘k choy**
Ko‘k choy antioksidantlarga boy va immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan katexinni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u viruslarning ko‘payishini bostirishi mumkin.
**Zanjabilli choy**
Zanjabil sovuq havodagi viruslarga, ayniqsa shamollashning eng keng tarqalgan sabablari bo‘lgan rinoviruslar oilasiga qarshi kurashish qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, u gingerol deb ataladigan yallig‘lanishga qarshi komponentni o‘z ichiga oladi, bu infeksiya bilan kurashishga yordam beradi.
**Kefir**
Kefir immunitet tizimini mustahkamlaydigan ko‘plab foydali probiotiklarni o‘z ichiga oladi. Bizning immun tizimimiz bu probiotiklar bilan bog‘liq bo‘lgan oshqozon-ichak trakti bilan bevosita aloqador.

