«Imarat» örnida «Imtiyoz»: Marat Hayrullayeviç loyihalari yana mojarolar girdobida
Imarat Development «yorliği» bilan tanilgan quriliş loyihalarida yangi muammo yuzaga keldi. Marat Hamdamovning aytişiça, «boşqa taʼsisçilar kompaniyani undan tortib olib, loyihalardan çetlatib» qöyişgan. Sotuv ofisida esa kun ora janjal. 2025-yilda topşirilişi vaʼda qilingan uylar bitişidan esa darak yöq, fuqarolar pullarini talab qilmoqda.

«Imarat» o‘rniga «Imtiyoz»: Marat Hayrullayevich loyihalari yana mojaro markazida
Sotuv ofisida esa kun ora janjal — 2025-yilda topshirilishi va’da qilingan uylar hanuz bitmagan, fuqarolar esa pullarini talab qilmoqda. Xonadonlarning o‘z vaqtida topshirilmagani sabab allaqachon siqilib yurgan xaridorlar uchun kompaniya ta’sischilari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo yana bir muammo bo‘ldi. Sotuv ofisidagi «Imarat» so‘zi ham «Imtiyoz» so‘ziga almashib qolgan.
«Imarat Devlopment» nomi ostida uylar qurib berishni va’da qilgan Marat Xayrullayevich va uning mijozlari o‘rtasidagi vaziyat tobora keskinlashmoqda. Tadbirkorning bir qator loyihalari arzon narx va qulay to‘lov shartlari bilan jozibador ko‘rsatilgani bois yuzlab odamlar ularga pul to‘lagan. Biroq va’dalar bajarilmayotgani, uylar belgilangan muddatlarda topshirilmagani ko‘plab xaridorlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, mijozlarni ishontirib, qop-qop va’dalar bilan savdolarni amalga oshirgan Marat Hamdamov Sergeli City’dan tortib Bristol City’gacha bo‘lgan loyihalardan chetlashtirilgani iddao qilinmoqda.
Tahririyatga murojaat qilgan Shohista Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada o‘zaro ichki nizo yuzaga kelgan, xonadonlarni topshirish muddatlari ham uzaytirilgan. U bundan buyon quruvchilarga ishonmasligini, to‘lagan pullari qaytarilishini talab qilyapti.
Boshqa bir murojaatchi Dilorom Yutayeva so‘zlariga ko‘ra, u 2024-yil 6-yanvar kuni shaxsan Marat Hamdamovning qo‘lidan shartnoma olgan va shu vaqtgacha 400 mln so‘m to‘lagan. Uy 2025-yil 30-oktabrgacha topshirilishi kerak bo‘lgan, ammo amalda bunday bo‘lmagan. Yutayeva ham to‘lagan puli qaytarilishini talab qilyapti.
Murojaatchi Jahongir Muhiddinovning ta’kidlashicha, u xarid qilgan xonadonlar 2025-yil dekabrda topshirilishi kerak bo‘lgan, to‘lovlarni esa to‘liq amalga oshirgan. Biroq uylar belgilangan muddatda bitmagani bois qurilish jarayoni haqida ma’lumot olishga uringan, ammo kompaniya vakillaridan aniq javob ololmagan. Kechikkan kunlar uchun mijozlarga kompensatsiya va’da qilingan bo‘lsa-da, shartnomada belgilangan miqdor juda kam.
Dilnoza To‘ychiboyevaga ko‘ra, u 2024-yil 3-fevralda uy sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzib, xonadoni bitishini kutib kelgan. Biroq qurilish kechikavergaç, kompaniyaga ishonchi yo‘qolib, shartnomani bekor qilish va pulini qaytarib olishga qaror qiladi. Ammo kompaniya vakillarining va’dalariga ishonib yana kutishda davom etadi. Shundan keyin kutilmagan holatga duch kelgan: kompaniya shartnomani bekor qilib, uch yildan beri pulini to‘lab kelgan xonadonni boshqa xaridorga sotib yuborgan.

